Doni – aziz, somoni – qadrli
Joriy yilda 108 ming 730 gektar maydonda g‘alla yetishtirgan Samarqand viloyati dehqonlarihosilni yig‘ishtirib olish bilan birga, yerlarni somondan tozalash va shudgorlash ishlariga ham alohida e’tibor qaratmoqda. Buning uchun zarur texnika va ishchi kuchi safarbar etilgan.
Joriy yilda 108 ming 730 gektar maydonda g‘alla yetishtirgan Samarqand viloyati dehqonlarihosilni yig‘ishtirib olish bilan birga, yerlarni somondan tozalash va shudgorlash ishlariga ham alohida e’tibor qaratmoqda. Buning uchun zarur texnika va ishchi kuchi safarbar etilgan.Mavsum yumushlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qoidabuzarliklarning oldini olishda viloyat IIB yong‘in xavfsizligi boshqarmasi va viloyat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi xodimlari g‘allakorlarga yaqindan ko‘mak bermoqda.
– Keyingi yillarda aholi o‘rtasida olib borilgan keng ko‘lamli tushuntirish-targ‘ibot ishlari, shuningdek, chorva ozuqasi zaxirasi yaratishga alohida e’tibor qaratilishi natijasida bugungi kunda g‘alladan bo‘shagan maydonlarda somon poyalari va qoldiqlarini yoqib yuborish holatlari deyarli kuzatilmaydi, – deydi viloyat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi yer resurslarini muhofaza qilish inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Feruz G‘aniyev. – Chunki xalqimiz rizq-ro‘zi bo‘lgan don qanchalik aziz ne’mat bo‘lsa, uning somoni chorva ozuqasi va qimmatli sanoat xomashyosi ekani bilan shunchalik qadrli. Qolaversa, somon poyalarining yonishi oqibatida tuproqning fizik, mexanik va biologik xossalari buzilib, tarkibidagi gumus moddasi va tirik organizmlar kuyib ketadi, suv, issiqlik va quyosh nurlarini o‘tkazish xususiyatlariga putur yetadi. Dala atrofidagi o‘simlik dunyosi nobud bo‘ladi, atmosfera havosi uglerod oksidi gazlari bilan ifloslanadi. Bularning barchasi oxir-oqibat musaffo tabiatga, inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mavsum oldidan viloyatdagi boshoqli don ekinlari parvarishlagan fermer xo‘jaliklari rahbarlariga g‘alla maydonlari va hosil yig‘ishtirib olingan yerlarda somon poyalari va qoldiqlari yoqib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan talabnomalar berildi. Qo‘mitaning yetmishdan ziyod xodimi jalb etilgan holda ishchi guruhlar tuzilib, har bir tumanga biriktirildi. Mazkur guruhlar tomonidan joylarda aholi o‘rtasida tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi, qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatanqo‘llaniladigan javobgarlik choralari haqida ma’lumot berildi. Turli eslatma va maxsus ko‘rgazmali vositalar tarqatildi.
Amalga oshirilayotgan bu kabi chora-tadbirlar tufayli hozirgacha viloyatda g‘alladan bo‘shagan maydonlarda somon poyalari yoqib yuborilishi bilan bog‘liq holatlar qayd etilmadi.
Kezi kelganda eslatib o‘tish joizki, somon poyalari yoki qoldiqlarini yoqib yuborgan shaxslarga nisbatan mamlakatimiz qonunchiligi asosida ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llaniladi.