Don shartnomasi uzayadi... Asirlar almashildi...
Rossiya-Ukraina
Ukraina atrofidagi ziddiyatni hal etish bo‘yicha muzokaralar Xitoy vositachiligida shu yilning oxiriga borib boshlanishi mumkin. Bu haqda AQSH sobiq Davlat kotibi Genri Kissinjer “CBS” telekanaliga bayonot berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mojaro o‘zining tub burilishiga yaqinlashib qoldi.
“Endi Xitoy muzokaralarga bosh qo‘shsa, hammasi joyiga tushadi”, dedi oy oxirida 100 yoshini qarshilaydigan keksa siyosatchi.
Yakshanba kuni Italiya bo‘ylab Ukrainada tinchlik o‘rnatishga chaqiruvchi keng ko‘lamli “Insoniyat uchun estafeta” bo‘lib o‘tdi.
“TASS”ning bergan xabarida tadbir Italiyaning shimolidagi Aosta shahridan to Lampeduza oroliga cho‘zilgan to‘rt kilometr mosofada o‘tgani aytiladi.
To‘rt ming kishi tinchlik bayrog‘i bilan mamlakatning o‘nlab shaharlarida yurish qilgan.
Estafeta o‘tkazish g‘oyasi jurnalist Mikele Santoroga oid, uning aytishicha, mazkur tashabbus “xalq kuchi” namoyishidir.
“Biz ukrainaliklarga birdamligimizni bildiramiz, biz qurol-aslaha yuborilishiga qarshimiz”, degan Santoro.
18 mayda Ukraina bilan bog‘liq don shartnomasi muddati tugaydi, ammo uning uzatilishi uchun vaziyat yetarli, deb bayonot berdi Turkiya prezidentining rasmiy vakili Ibrohim Kalin “Haberturk” telekanaliga suhbatda.
Chexiya Prezidenti Petr Pavelning bayonotiga ko‘ra, Ukraina hokimiyati aksilhujum boshlashga shoshilmasligi kerak. “Uning oqibati jiddiy talofatlarga olib kelishi mumkin, ikkinchi marta Kiyevga bunday imkoniyat berilmaydi”, dedi davlat rahbari.
Britaniyaning “The Guardian” nashriga suhbatda Pavel “albatta, ukrainaliklar hali ham operatsiyani muvaffaqiyatli boshlash uchun hamma narsaga ega emasligini his qilmayapti”, degan.
Ukraina vakillari 8 va 9 may kunlari Berlinda sovet memorialiga gulchambar qo‘yish marosimida qatnashmaydi, deb xabar beradi mamlakatning Berlindagi elchixonasi xabarida.
“Elchi Aleksey Makeyev va ukrainalik diplomatlar mas’uliyatni to‘la his qilgan holda bunday marosimda ishtirok etishni rad etishadi”.
“Fox News” telekanali sharhlovchisi Taker Karlsonning Ukraina va uning Prezidenti Vladimir Zelenskiyga nisbatan mustaqil qarashlari uchun ishdan chetlashtirildi. Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozgan.
Karlson Amerikaning taniqli sharhlovchilaridan, u AQSH hokimiyatini, xususan, Ukrainani qo‘llab turgani uchun bir necha marta tanqid qilib chiqqan.
Rossiya va Ukraina navbatdagi asirlarni almashdi, deb ma’lum qildi Kiyevdan mutasaddi Andrey Yermak.
“Ular “Azovstal”ning 45 himoyachisidir, barchasi Milliy gvardiyaning Azov sohillarini qo‘riqlash bo‘linmasi vakillaridir”.
Rossiya Mudofaa vazirligi uch nafar samolyot uchuvchilarining vatanga qaytgani haqida xabar berdi.
Abror XON, O‘zA