DOLZARB SAVOLGA ANIQ JAVOB
Oʻgʻlim xususiy maktabda oʻqiydi. Mart oyi uchun qayta hisob-kitob koʻrib chiqilmadi, boz ustiga aprel oyi uchun 50 foizlik toʻlov qilishimizni soʻrayapti. Bu toʻgʻrimi?
Oʻgʻlim xususiy maktabda oʻqiydi. Mart oyi uchun qayta hisob-kitob koʻrib chiqilmadi, boz ustiga aprel oyi uchun 50 foizlik toʻlov qilishimizni soʻrayapti. Bu toʻgʻrimi?
Bu savolga AOKA huzuridagi shtabda boʻlib oʻtgan onlayn brifingda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Axborot xizmati rahbari Feruza Madrahimova javob berdi.
– Nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida taʼlim oluvchining oʻqishi uchun toʻlanadigan toʻlov miqdori va uni amalga oshirish davriyligi umumtaʼlim tashkiloti va ota-ona oʻrtasidagi shartnomada belgilab qoʻyiladi.
Agar ota-onalar tomonidan mart oyi uchun oldindan toʻlov amalga oshirilgan boʻlsa, mart oyining ikkinchi yarmida dars mashgʻulotlari olib borilmagani sababli oʻtkazilmagan dars mashgʻulotlari uchun toʻlangan toʻlov qaytarilishi kerak.
Tomonlar oʻrtasida nizo chiqqan taqdirda, tegishli fuqarolik ishlari boʻyicha sudga murojaat qilinishi mumkin.