Dolzarb muammolarni hal etamiz
Biror bir voqea hayotingizni tubdan oʻzgartirishiga, ayniqsa, ijobiy tomonga oʻzgartirishiga ishonsangiz uni intizorlik bilan kutasiz.
Biror bir voqea hayotingizni tubdan oʻzgartirishiga, ayniqsa, ijobiy tomonga oʻzgartirishiga ishonsangiz uni intizorlik bilan kutasiz.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentga qiladigan murojaati ham oʻtgan davr mobaynida shunday voqelikka aylandi.
Chunki har bir inson Davlat rahbarining Parlamentga murojaatida yangi fikrlarini, yangi gʻoya tashabbuslar yangrashini biladi.
Murojaatnomada Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bugungi kunda aholini oʻylantirayotgan muammolarga davlat idoralarini eʼtiborga qaratib, oʻzlarining asoslangan takliflarini berib borishlari maqsadga muvofiqligi ushbu masalada keskin oʻzgarishlar boʻlishini taʼminlaydi.
Endi nodavlat notijorat tashkilotlari chekka qishloqlar va mahallalarda aholi bilan uchrashib, ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni aniqlab, davlat organlari bilan hamkorlikda ushbu muammolarni bartaraf etishga koʻmaklashishi lozim.
Men nodavlat notijorat tashkiloti rahbari sifatida Respublikamizda faoliyat yuritayotgan barcha nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini ushbu jarayonga faol ishtirok etishga chaqiraman.
Klara Babakulova,
Navoiy viloyati “Imkoniyat” NNT direktori