Dmitriy Medvedev isteʼfoga chiqdi
Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev prezidentning Federal majlisga murojaatidan keyin hukumat toʻliq tarkibda isteʼfoga chiqishini maʼlum qildi.
Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev prezidentning Federal majlisga murojaatidan keyin hukumat toʻliq tarkibda isteʼfoga chiqishini maʼlum qildi.
Vladimir Putin hukumat aʼzolariga birgalikda ishlagani uchun minnatdorlik bildirdi. Rossiya rahbari yaqin orada vazirlar mahkamasining har bir aʼzosi bilan uchrashishini aytib, hozircha ulardan vazifasini toʻliq bajarishini iltimos qildi.
Bundan tashqari, prezident Xavfsizlik kengashi raisining oʻrinbosari lavozimini joriy etish niyatida ekani va bu lavozimni Medvedevga topshirishini maʼlum qildi.
Bundan avvalroq, Rossiya prezidenti Federal majlisga yoʻllagan murojaatida Davlat Dumasiga bosh vazir nomzodini nafaqat maʼqullash, balki tasdiqlashni ham topshirishni taklif etgan edi.