Deputatlar faxriylar holidan xabar oldi
Deputat otaxonlarni Xotira va qadrlash kuni va Ikkinchi jahon urushida erishilgan gʻalabaning 75 yilligi bilan qizgʻin qutlab, esdalik sovgʻalarini topshirdi.
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan deputatlarimiz Toshkent viloyatida umrguzaronlik qilayotgan front va front ortida xizmat qilgan faxriylar holidan xabar oldi.
Jumladan, xalq deputatlari Oqqoʻrgʻon tumani Kengashi deputati A.Qodirov tumanning Hamid Olimjon mahallasida yashovchi 92 bahorni qarshi olgan Fayzullo ota Nurmatov, 81 yoshli Mamat Nosirov xonadonlarida boʻldi. Deputat otaxonlarni Xotira va qadrlash kuni va Ikkinchi jahon urushida erishilgan gʻalabaning 75 yilligi bilan qizgʻin qutlab, esdalik sovgʻalarini topshirdi.

Xalq deputatlari Qibray tumani Kengashi deputati D.Yusupov Salor shaharchasida joylashgan Mirzo Ulugʻbek mahallasida istiqomat qilayotgan 100 yoshli Payzi aya Bozorboyeva, 94 yoshli Olga Shishkalova hamda 87 yoshli Apiya Mirzayevalar xonadonida boʻlib, ularning holidan xabar oldi.
Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashi deputati M.Yakubov Chirchiq shahrida istiqomat qilayotgan 90 yoshdan oshgan 7 nafar mehnat fronti qatnashchisi xonadonida boʻlib, ularga sovgʻa salomlar taqdim etdi.
Shuningdek, xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi deputati N.Xolxoʻjayeva Qurilish mahallasida yashovchi urush qatnashchisi, 90 yoshli Pozil Madraximov xonadonida boʻlib, otaxon bilan dildan suhbatlashdi. Otaxonga oziq-ovqat mahsulotlari hamda estalik sovgʻalari topshirdi.
Uchrashuv davomida tabarruk yoshdagi otaxon va onaxonlar Vatan ozodligi uchun kechgan janglar, urushdan keyingi qizgʻin mehnat faoliyati toʻgʻrisida gapirib berdi. Hozirgi tinch, toʻkin hayotimiz uchun kurashgan urush qatnashchilari bugungi dorulomon kunlarning qadriga yeting, endi hech qachon urush boʻlmasin, deya duo qildi.