Denis Istomin gʻalaba qozondi
Poytaxtimizda oʻtayotgan tennis boʻyicha “Devis kubogi“ning pley-off bosqichida Oʻzbekiston va Serbiya terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvda hisob tenglashdi
Poytaxtimizda oʻtayotgan tennis boʻyicha “Devis kubogi“ning pley-off bosqichida Oʻzbekiston va Serbiya terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvda hisob tenglashdi.
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin g yakkalik bahslarida Dushan Layovichni 6:3, 6:4 hisobida yengdi va umumiy hisobni 2:2 koʻrinishiga olib keldi.
Birozdan soʻng Sanjar Fayziyev va Filip Krayinovich uchrashuvi yakunlanadi. Ushbu oʻyinda kim gʻolib chiqsa, terma jamoasini jahon ligasiga olib chiqadi.