Deltakron laboratoriyadagi xatolik oqibatimi?
Endi esa deltakron laboratoriyadagi xatolik oqibatida tarqab ketdimi degan savolga javob izlaymiz.
Sal avvalroq saytimizda deltakron haqida qisqacha bo‘lsa-da ma’lumot bergan edik.
Rospotrebnadzor ilmiy guruhi rahbari Kamil Xafizovning ta’kidlashicha, dastlab Kiprda aniqlangan “delta” va “omikron” birikuvidan hosil bo‘lgan deltakronni yangi shtamm deyishga hali erta ekan.
Uning aytishicha, 2022 yil 7 yanvarida GISAID xalqaro ma’lumotlar bazasiga haqiqatan koronavirusyangi varianti saqlash uchun topshirilgan. Ammo ular chuqur o‘rganilganda ba’zi namunalarning boshqalari tomonidan zararlanganiga o‘xshash alomatlar sezildi, deydi u. Bu koronavirusning yangi turimi yoki yo‘q – batafsil o‘rganish kerak deyilmoqda.
– Yangi shtammning xususiyatlari, sinovlar, vaksinalar samaradorligi haqida gapirishga erta. Avval bu chindan gibridmi yoki laboratoriyadagi xatolik– aniqlashtirib olish kerak. Bundan tashqari, boshqa laboratoriyalarda deltakron borligini isbotlovchi alomatlar hali topilganicha yo‘q... –deydi K.Hafizov.
U xato aniq laboratoriyada sodir bo‘lgan deb hisoblaydi. Agar “bir qator qoidalarga rioya qilinmasa, bunday “aralashma” variantlarni hosil qilib qo‘yish mumkin” ekan.
Nima bo‘lganda ham, yangi shtamm chindan “delta” + “omikron” birlashuvimi-yo‘qmi yoxud laboratoriya xatosimi, allaqachon deltakron nomini olishga ulgurdi.
Maftuna KARIMOVA tayyorladi, O‘zA