De la Fuente «Oltin to‘p» uchun o‘z nomzodini aytdi
Mutaxassis «Barselona» vingerining Jahon chempionatidagi ishtiroki borasidagi tanqidlarga qo‘shilmasligini bildirdi.
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente 2026-yilgi «Oltin to‘p»ni Lamin Yamal qo‘lga kiritishga munosib, deb hisoblamoqda.
Mutaxassis «Barselona» vingerining Jahon chempionatidagi ishtiroki borasidagi tanqidlarga qo‘shilmasligini bildirdi. Uning fikricha, Yamal mundial davomida Ispaniya terma jamoasining eng muhim futbolchilaridan biri bo‘lgan.
«Ko‘pchilik uning Jahon chempionatida hech narsa qilmaganini aytishi mumkin. Ammo uchrashuvlarni diqqat bilan kuzatgan odam Lamin biz uchun qanchalik muhim bo‘lganini yaxshi biladi. Menimcha, bu yil «Oltin to‘p» Yamalga berilishi kerak», — dedi de la Fuente.
Shu tariqa, Ispaniya terma jamoasi ustozi futbol olamidagi eng nufuzli individual sovrin uchun o‘z tanlovini yashirmadi. U Yamalning mundialdagi o‘yini atrofidagi turli fikrlarga qaramay, yosh futbolchini mukofotga munosib deb bilmoqda.
2026-yilgi «Oltin to‘p» sohibi 26 oktyabr kuni Londonda o‘tkaziladigan taqdirlash marosimida e’lon qilinadi.