Davlatobodda sayyohlik agentligi ochildi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Davlatobod tumanida yangi sayyohlik agentligi - “Mazzali Travel” mas’uliyati cheklangan jamiyati ish boshladi.
Mazkur agentlik faoliyat turiga ichki turizm yo‘nalishi (O‘zbekiston Respublikasi ichida turizm faoliyati), kirish turizmi (O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarni jalb qilishga oid turizm faoliyati), chiqish turizmi (O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida turizim faoliyatini, shu jumladan, tibbiy va ta’lim turizmi)ni amalga oshirish kiradi.
[gallery-16081]
Sayyohlik agentligining ochilish marosimida viloyat hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, soha xodimlari, nuroniylar va keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA