Davlatobodda 250 o‘rinli yangi bog‘cha ochildi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Davlatobod tumani Porloq mahallasida “Saodatga Eltuvchi Yo‘l” davlat-xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan marosimda viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov, sektorlar rahbarlari, tuman hokimi, nuroniylar, mutasaddi tashkilotlar vakillari va mahalliy aholi ishtirok etdi.
250 o‘rinli muassasaning loyiha qiymati 9 milliard 600 million so‘mni tashkil etdi. Bu yerda 8 ta guruh faoliyati yo‘lga qo‘yilib, bolajonlarning sifatli ta’lim-tarbiyasi uchun zarur barcha sharoit yaratildi.
Bog‘cha ishga tushirilishi bilan 30 nafar kishi ish bilan ta’minlandi.
Ta’kidlash kerak, tumanda 115 ta, jumladan, 25 ta davlat va 90 ta nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularga jami 9755 nafar o‘g‘il-qiz jalb etilgan.
[gallery-13321]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA