Davlatimiz rahbari “Shinhan Financial Group” kompaniyasi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Seul shahriga tashrifi doirasida “Shinhan Financial Group” kompaniyasi raisi Chjin Ok Donni qabul qildi.
Uchrashuvda moliyaviy hamkorlikni kengaytirish hamda infratuzilmani takomillashtirish, qayta tiklanuvchi energetika va sanoat sohalarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston tijorat banklariga kredit liniyalarini ajratish to‘g‘risida kelishuv imzolangani mamnuniyat bilan qayd etildi. Mamlakatimizda “Shinhan Bank”ning shu’ba bankini tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.


Yangi moliyalashtirish instrumentlari va “yashil” kreditlarni jalb etish hamda raqamli banking, kichik va o‘rta biznes uchun maxsus yechimlarni rivojlantirishdan manfaatdorlik bildirildi.