Davlat milliy kino sanʼatimizni jahon bozoriga olib çiqişda yangi taşabbuslar bilan çiqmoqda
Kino — xalqning tarixi, madaniyati va maʼnaviy qiyofasini aks ettiruvçi sanʼat. Ayni paytda u investitsiya, bandlik, eksport, turizm va intellektual mulk bilan boğliq iqtisodiy tarmoqqa aylangan.
Dunyoda kino sanʼati rivojlangan mamlakatlar filmlar orqali nafaqat öz madaniyatini tarğib qilmoqda, balki qöşimça iqtisodiy qiymat ham yaratmoqda. Özbekistonda milliy kinematografiyani raqobatbardoş industriyaga aylantiriş uçun yangi şart-şaroitlar şakllanmoqda.
Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2026-yil 26-oktabrda «Özbekfilm» kinostudiyasida kinoijodkorlar bilan uçraşuvi milliy kinoni rivojlantirişning yangi vazifalarini belgilab berdi. Muloqotda milliy kino maktabini tiklaş, ssenariy va filmlar sifatini oşiriş, xususiy ijodkorlarga keng imkoniyat yaratiş, filmlarni tomoşabinga yetkaziş hamda xalqaro bozorga olib çiqiş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Xususan, davlat buyurtmasi örniga subsidiya asosida qöllab-quvvatlaşga ötiş, film işlab çiqarişda xususiy sektor iştirokini kengaytiriş va «Özbekfilm»ni zamonaviy milliy kinokompaniyaga aylantiriş vazifalari qöyildi. Bu özgarişlar muhim iqtisodiy savolni kun tartibiga olib çiqadi: davlat qöllovi qanday qilib xususiy investitsiya, daromad, eksport va yangi iş örinlarini rağbatlantiradigan tizimga aylanadi?
Jahon va Özbekiston kino bozori: ösiş va tarkibiy muammolar
Jahon kino bozorida sönggi yillarda öziga xos vaziyat şakllandi. Film işlab çiqariş hajmi yuqori darajaga yetgan bölsa-da, kinoteatrlar orqali olinadigan daromad pandemiyadan oldingi körsatkiçlarga töliq qaytgani yöq.
Butunjahon intellektual mulk taşkiloti (WIPO) maʼlumotlariga köra, 2024-yilda dunyoda 9 628 ta töliq metrajli film işlab çiqarilgan. Bu 2019-yilga nisbatan 4,4 foiz köp. 2025-yilda jahon kinoteatrlari kassa tuşumi 32,8 milliard AQŞ dollarini taşkil etgani holda, pandemiyadan oldingi qariyb 42 milliard dollarlik darajadan 22 foizga yaqin past bölib qolgan.
Janubiy Koreyada KOBIS axborot tizimi kinoteatr çiptalari savdosi, tomoşabinlar soni va kassa tuşumlarini yagona tizimda hisobga oladi. Buyuk Britaniyada esa soliq rağbatlari, professional xizmatlar bozori va zamonaviy kinostudiyalar xorijiy loyihalarni jalb etişga xizmat qilmoqda. Britaniya kino instituti maʼlumotlariga köra, 2025-yilda mamlakatda kino va yuqori byudjetli televizion mahsulotlar işlab çiqariş xarajatlari 6,8 milliard funt sterlingni, şu jumladan xorijiy investitsiya bilan boğliq loyihalar xarajatlari 5,8 milliard funt sterlingni taşkil etgan. Bular kassa daromadi emas, işlab çiqarişga qilingan xarajatlardir.

Özbekistonda ham audiovizual xizmatlar bozori kengaymoqda. Milliy statistika qömitasi maʼlumotlariga köra, kino va videofilmlar, televizion dasturlar işlab çiqariş, ovoz yoziş va musiqa asarlarini naşr qiliş bilan boğliq xizmatlar hajmi 2019-yilda 123,2 milliard sömdan 2024-yilda 695,8 milliard sömga yetgan. Bu joriy narxlarda 5,6 barobar ösişdir. Biroq mazkur körsatkiç kinoning özigagina tegişli emas va inflyatsiya taʼsirini ham öz içiga oladi.
Şu bilan birga, namoyiş infratuzilmasida boşqa manzara kuzatiladi. 2019-yilda mamlakatda 91 ta kinoteatr bölgan, 2021-yilda 99 taga yetgan, 2024-yilda 70 ta, 2025-yilda esa 50 ta kinoteatr qayd etilgan. Yaʼni 2019–2025-yillarda kinoteatrlar soni 45 foizga qisqargan.
Yana bir jihat: kino, video va televizion dasturlar tayyorlaşning işlab çiqariş bosqiçidagi korxona va taşkilotlar soni 2019-yilda 44 tani taşkil etgan bölsa, 2026-yil boşiga kelib 61 taga yetgan. Şu davrda kinofilmlar, video va televizion dasturlarni tarqatiş bilan şuğullanuvçi korxona va taşkilotlar soni 50 tadan 30 taga kamaygan.
Prezidentning 26-oktabrdagi uçraşuvida milliy filmlarni işlab çiqarişdan tomoşabinga yetkazişgaça bölgan yaxlit tarqatiş tizimi yetarliça şakllanmagani qayd etildi. Demak, milliy kinoning raqobatbardoşligi ssenariy va tasvir sifati bilan birga, reklama, distributsiya va tomoşabin talabini örganişga ham boğliq.
Davlat mablağidan xususiy investitsiyaga: natijani qanday baholaymiz?
Sönggi yillarda kino sohasiga davlat qöllovi sezilarli oşdi. Prezident uçraşuvida keltirilgan maʼlumotlarga köra, film işlab çiqariş uçun 2016-yilda 10 milliard söm ajratilgan bölsa, 2026-yilda bu körsatkiç 218 milliard sömga yetgan. Ön yilda ajratilgan mablağlar jami 1,2 trillion sömni taşkil etgan.
Biroq moliyalaştiriş hajmining oşişi öz-özidan iqtisodiy samaradorlik ösganini bildirmaydi. Bu borada Madaniyat vazirligining 2025-yillik byudjet dasturi ijrosi hisoboti muhim maʼlumot beradi. Hisobotga köra, milliy kino mahsulotlarini davlat buyurtmasi asosida yaratiş uçun rejalaştirilgan 110 milliard söm örniga amalda 110,9 milliard söm sarflangan. Yil yakunida 30 ta töliq metrajli badiiy film, 37 ta qisqa metrajli film, 30 ta hujjatli va boşqa turdagi kino mahsuloti hamda 18 ta animatsion film böyiça natijalar qayd etilgan.
Hisobotda badiiy filmlarning tomoşa qamrovi 37,802 million, hujjatli, ilmiy-ommabop va öquv filmlariniki 22,250 million, animatsiyaniki esa 21,894 million deb körsatilgan. Uç yönalişning yiğindisi 81,946 million qamrov birligini taşkil etadi. 110,9 milliard sömni şu körsatkiçga bölganda bir qayd etilgan qamrov birligiga şartli ravişda 1 353 söm byudjet xarajati töğri keladi.
Biroq bu raqamni bir nafar alohida tomoşabin uçun xarajat yoki iqtisodiy foyda sifatida talqin qilib bölmaydi. Qamrovga takroriy körişlar ham kirişi ehtimoli bor; kassa tuşumi, onlayn namoyiş, litsenziya va eksport daromadlari mazkur nisbatda aks etmagan. Qolaversa, bu «Özbekfilm»ning moliyaviy hisoboti emas, davlat buyurtmasi böyiça byudjet dasturining ijrosidir. Mazkur maʼlumotlar davlat mablağlarini auditoriya qamrovi bilan taqqoslaşga xizmat qiladi, ammo töliq iqtisodiy qaytimni körsatmaydi.
Prezident uçraşuvida davlat buyurtmalarining deyarli yarmi davlat kinostudiyalariga berilgani, bir rejissyorga oltitagaça, bir muallifga yettitagaça loyiha biriktirilgani qayd etildi. Bunday holat ijodiy resurslarning muayyan jamoalarda töplanişi va raqobat çeklanişi xavfini kuçaytiradi.
Şu bois davlat buyurtmasi örniga subsidiya asosida moliyalaştirişga ötiş, sohada boşqaruv, loyihalarni tanlaş va film işlab çiqariş vazifalarini ajratiş belgilandi. Yangi yondaşuvga köra, davlat siyosatini yuritiş Madaniyat vazirligiga ötkazilişi, «Özbekfilm» milliy kinokompaniyasi esa loyihalarni tanlaş va moliyalaştiriş, filmlarni tarğib qiliş hamda tarqatiş bilan şuğullanişi nazarda tutilmoqda.
Bu özgarişning iqtisodiy mazmuni aniq: davlat ijodkor va investor uçun şaroit yaratuvçi hamkorga aylanişi, xususiy sektor esa işlab çiqarişda kengroq iştirok etişi kerak. Tijoriy salohiyatga ega loyihalarni baholaşda ssenariy sifati bilan bir qatorda xususiy mablağlar uluşi, maqsadli auditoriya, byudjet, tarqatiş rejasi va kutilayotgan daromad hisobga olinişi zarur. Maʼrifiy va ijtimoiy ahamiyati yuqori filmlar uçun esa alohida, madaniy natijalarni ham aks ettiradigan mezonlar talab etiladi.
2026-yil 2-iyundagi PF-103-son farmon bilan davlat buyurtmasi asosida yaratiladigan filmlar byudjeti doirasida marketing va reklamaga 30 foizgaça mablağ ajratişga ruxsat berilgan. Şuningdek, film namoyişidan tuşgan mablağning 50 foizini prodyuser va ijodiy guruhga qöşimça rağbat sifatida beriş belgilangan. Bu qoidalar amaldagi davlat buyurtmasi tizimiga tegişli bölib, 26-oktabrda belgilangan subsidiya modeliga ötiş vazifasidan farq qiladi.
Mazkur farmonda 2026-yil yakuniga qadar çipta savdosi va tomoşabinlar statistikasini yurituvçi yagona raqamli platformani joriy etiş vazifasi ham belgilangan. Uning samarali işlaşi filmlar kesimida auditoriya va kassa tuşumi haqida işonçli maʼlumotlar şakllantirişga xizmat qiladi. Bu maʼlumot xususiy investorlar va davlat mablağlarining natijadorligini baholovçi taşkilotlar uçun ham zarur.
Kinoinfratuzilmani kengaytiriş rejalari ham yangi iqtisodiy modelning bir qismidir. Prezident tomonidan «Özbekfilm»ning 10 gektar hududida 400 milliard söm hisobiga kino şaharçasini taşkil etiş, zamonaviy dublyaj va ovozlaştiriş markazi uçun 80 milliard söm yönaltiriş vazifalari qöyildi. Maqsad faqat pavilonlar quriş emas, balki texnika ijarasi, montaj, ovozlaştiriş, raqamli effektlar va boşqa xizmatlarni birlaştirgan bozorni rivojlantirişdir.
Soliq rağbatlari ham şu maqsadga xizmat qiladi. PF-103-son farmon va Soliq qömitasining 2026-yil 7-oktabrdagi izohida 2026-yil 1-sentabrdan 2036-yil 1-yanvarga qadar belgilangan şartlarga javob beradigan kinematografiya va bolalar kontenti subʼektlari uçun qator soliq imtiyozlari nazarda tutilgani, ulardan foydalaniş uçun elektron murojaat qiliş tartibi tuşuntirilgan.
Imtiyoz samarasini faqat undan foydalangan korxonalar soni bilan baholaş yetarli emas. Yangi xususiy investitsiyalar, iş örinlari, eksport va yondoş tarmoqlardagi qöşimça iqtisodiy faollik ham ölçanişi lozim. Şunda davlat qöllovining natijasi ajratilgan mablağ bilan emas, uning iqtisodiyotga qöşgan hissasi bilan ham baholanadi.
Tarix, kino va turizm: qöşimça qiymat yaratiş imkoniyatlari
Özbekistonning kinoindustriyadagi katta ustunligi bu uning boy tarixiy va madaniy merosidir. Amir Temur, Mirzo Uluğbek, Alişer Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va Muhammad al-Xorazmiy kabi buyuk ajdodlarimiz hayoti milliy va xalqaro auditoriya uçun qiziqarli voqealarga boy.
Prezidentning 2024-yil 5-iyundagi PQ-209-son qarori bilan 2024–2027-yillarga möljallangan «Tirik tarix» filmlar turkumini yaratiş dasturi tasdiqlangan. «Ibrat», «Avloniy», «Abdulla Qodiriy», «Ilhaq», «Özbek qizi», «Bahodir Yalangtöş» kabi asarlar sohadagi ijodiy tajribani körsatadi.

Bunday filmlarning imkoniyati premera bilan tugamaydi. Masalan, Mirzo Uluğbek haqidagi badiiy asar mavzui asosida hujjatli serial, bolalar animatsiyasi, taʼlimiy video, kitob va muzey mahsulotlari yaratiş mumkin.
Kinoni turizm bilan boğlaş ham iqtisodiy imkoniyatlarni oçadi. Samarqand, Buxoro, Xiva, Şahrisabz va Termiz kabi şaharlar filmlar uçun jozibador lokatsiya hamda turistik mahsulotning asosidir. Masalan, Amir Temurga bağişlangan xalqaro filmning namoyişi Samarqand va Şahrisabzdagi tarixiy obʼektlar böylab maxsus sayohatlar bilan uyğunlaştirilsa, mehmonxona, transport, ekskursiya va hunarmandçilik sohalarida ham talab ortişi ehtimoli yuzaga keladi. Bunday taʼsirni aniq ölçaş uçun turistlarning sayohat sabablari va film bilan boğliq taşriflari örganilişi şart.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 8-iyuldagi 372-son qarori bilan xorijiy kinokompaniyalarning Özbekistonda film yaratişga doir tasdiqlangan xarajatlarining muayyan qismini qoplaş mexanizmi belgilangan. Dasturda 10–25 foiz oraliğida kompensatsiya hamda bir film uçun 4 milliard sömlik yuqori çegara nazarda tutilgan. Masalan, şartli 6 milliard sömlik maqbul xarajatga 20 foiz stavka qöllanilsa, 1,2 milliard söm kompensatsiya hisoblanadi. Amaldagi tölov dastur şartlari va tasdiqlangan xarajatlarga boğliq.
Qarorda «Film in Uzbekistan» elektron platformasini 2026-yil 1-noyabrga qadar işga tuşiriş vazifasi ham belgilangan. Unda kino lokatsiyalari, infratuzilma, texnik imkoniyatlar va mahalliy xizmatlar haqidagi axborotni birlaştiriş nazarda tutilgan. Bu xorijiy prodyuserlarga Özbekistondagi hamkorlar va işlab çiqariş imkoniyatlarini örganişni yengillaştiradi.
Xorijiy kinokompaniya mamlakatimizda nafaqat suratga oliş joylaridan foydalanadi, balki operator, rassom, dekorator, texnika ijarasi, mehmonxona, transport va boşqa xizmatlarga ham buyurtma beradi. Animatsiya, vizual effektlar, raqamli montaj va dublyaj kabi mutaxassisliklar rivoji esa mahalliy kadrlar uçun taşqi buyurtmalar bozorini kengaytiradi. Demak, Özbekiston tayyor filmlar bilan birga professional kino xizmatlarini ham eksport qiliş salohiyatiga ega.
2030-yilgaça: filmlar sonidan iqtisodiy natijadorlikka
Prezidentning 2026-yil 16-fevraldagi PF-21-son farmoni bilan yangilangan «Özbekiston — 2030» strategiyasida 2030-yilga qadar davlat buyurtmasi asosida yaratiladigan yillik kino mahsulotlari sonini 105 taga, milliy filmlar joylaştiriladigan xalqaro internet platformalari sonini 11 taga, milliy qahramonlar haqidagi animatsion filmlar sonini 20 taga yetkaziş belgilangan.
Şuningdek, kinoindustriyaga yönaltiriladigan investitsiyalar hajmini 2,5 million AQŞ dollariga, milliy kinematografiya mahsulotlari eksportini 1,5 million dollarga yetkaziş maqsadlari qöyilgan. Bu rasmiy strategik körsatkiçlardir. 26-oktabrda belgilangan subsidiya modeliga ötiş jarayonida ularning ijro mexanizmlarini özaro muvofiqlaştiriş muhim.
Kinoindustriya natijadorligini filmlar soni yoki ularga ajratilgan mablağning özi bilan baholaş yetarli emas. Ikki film bir xil byudjet bilan yaratilsa ham, auditoriya qamrovi, kassa tuşumi va raqamli platformalardan olingan daromadi jihatidan farq qiladi. Kassa tuşumini işlab çiqaruvçining sof foydasi bilan tenglaştirib bölmaydi: tuşum kinoteatr, tarqatuvçi va huquq egasi örtasida taqsimlanadi.
Şu sababli işlab çiqariş va reklama xarajatlari, tomoşabinlar soni, kassa tuşumi, litsenziya va eksport daromadlari, jalb qilingan xususiy investitsiyalar hamda yangi iş örinlari birgalikda kuzatilişi kerak. Davlatning bir sömlik qöllovi evaziga qança qöşimça xususiy kapital jalb qilingani ham moliyalaştiriş samaradorligini baholaşda ahamiyatli.
Milliy kinoning eksport imkoniyatlarini kengaytirişda Markaziy Osiyo bozori alohida ahamiyatga ega. Qöşni mamlakatlar bilan qöşma filmlar işlab çiqariş, milliy asarlarni bir neçta tilga sifatli tarjima qiliş, professional tarqatuvçilar bilan şartnomalar tuziş va xalqaro raqamli platformalarga çiqiş auditoriyani kengaytiradi. Biroq eksport uçun tarjima yetarli emas: ssenariy sifati, texnik standartlar, mualliflik huquqlari va marketing ham hal qiluvçi omillardir.
«Özbekfilm» milliy brendini rivojlantiriş ham faqat taşkiliy maqomni özgartiriş emas. U milliy kino mahsulotlarining içki va taşqi bozordagi örnini mustahkamlaş, xorijiy hamkorlar bilan işlaş va intellektual mulkdan uzoq muddatli daromad olişga xizmat qilişi lozim.
Xulosa örnida, Özbekiston kinoindustriyasi muhim özgarişlar ostonasida turibdi. Boy tarixiy meros, ijodiy salohiyat, raqamli texnologiyalar va davlat qöllovi milliy kinoni rivojlantiriş uçun mustahkam asos yaratadi. Endi işlab çiqariş, moliyalaştiriş va ommalaştiriş örtasidagi boğliqlikni kuçaytiriş, xususiy investitsiyalarni jalb qiliş va filmlarning haqiqiy natijalarini baholaş birinçi darajali vazifaga aylanmoqda.
Kino sanʼatining qadrini faqat moliyaviy daromad bilan ölçab bölmaydi. U xalqning tarixiy xotirasi, milliy özligi va maʼnaviy dunyosini saqlaydi. Biroq iqtisodiy jihatdan barqaror kinoindustriya bu vazifalarni yanada samarali bajariş, ijodkorlarni rağbatlantiriş va milliy asarlarni jahon auditoriyasiga yetkaziş uçun kengroq şaroit yaratadi.
Özbekiston uçun asosiy maqsad har bir sifatli kino asari orqali tomoşabin, ijodkor, investor va mamlakat iqtisodiyoti uçun yangi qiymat yaratişdir. Samarali moliyalaştiriş va kuçli taqsimlaş tizimi bilan uyğunlaşgan milliy kino jahonga öz hikoyamizni aytiş bilan birga, investitsiya, bandlik, eksport va turizmni rivojlantiruvçi raqobatbardoş industriyaga aylanadi.
Uçqun Abduğaniyev,
iqtisodiyot fanlari böyiça falsafa doktori, dotsent