Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun keng nishonlandi
O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kunning 29 yilligi munosabati bilan Buxoroda ham keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot tadbirlari ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tmoqda.
Dastlab yurish ishtirokchilari Buxoro shahridagi Ark qo‘rg‘onidan shaharning tarixiy qismi bo‘ylab Abu Ali ibn Sino nomli Favvoralar maydonida jamlandi. Katta maydonda 65 metr bo‘lgan yurtimizdagi eng baland bayroqlardan biri o‘rnatilgan. Hilpirab turgan ulkan bayroq ostida tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda harbiylar, huquq-tartibot idoralari xodimlari, madaniyat va san’at maktablari, viloyat oliygohlari talabalari, sport sohasi vakillari, jamoatchilik, yoshlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Tantanali marosim Favvoralar maydoniga davom ettirildi. Bu yerda keng dasturdagi madaniy tadbir boshlandi.
Tadbirda Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Botir Zaripov so‘zga chiqdi.
Zarif KOMILOV, Tohir ISTATOV (surat), O‘zA