Dasturchilar festivali tashkil etildi
Toshkentda Google Developers Group (GDG)ning “GDG DevFest” dasturchilar festivali bo‘lib o‘tdi. Tadbirda raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov hamda AQSHning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Henik ishtirok etdi.

“GDG-DevFest” festivali Google Developers Group jamoalari tomonidan har yil o‘tkaziladigan global tadbirlardan biri bo‘lib, ushbu tadbir doirasida dasturchilar, IT-mutaxassislar va texnologiyalarga befarq bo‘lmaganlar Google kompaniyasining so‘nggi texnologiyalari va ishlanmalari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladilar.

Joriy yilda ham festival dasturchilar uchun xalqaro darajada bilim almashish va professional aloqalar o‘rnatish imkoniyatini yaratdi.

Joriy yilda tashkil etilgan mazkur tadbirga respublikamiz bo‘yicha 1000 dan ortiq dasturchilar ishtirok etdi va o‘zlariga kerakli bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA