Darvin Nunes «Trabzonspor»ga o‘tishga yaqin
Urugvaylik futbolchining ijara asosidagi transferi bo‘yicha barcha shartlar kelishib olingan va bitim muvaffaqiyatli yakunlangan.
«Al-Hilol» hujumchisi Darvin Nunes faoliyatini Turkiyaning «Trabzonspor» klubida davom ettirishga yaqin. Bu haqda insayder Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, urugvaylik futbolchining ijara asosidagi transferi bo‘yicha barcha shartlar kelishib olingan va bitim muvaffaqiyatli yakunlangan.
Shu tariqa Nunes «Trabzonspor»da «Liverpul»dagi sobiq jamoadoshi Muhammad Saloh bilan yana birga to‘p surishi mumkin.
27 yoshli hujumchi 2025/26-yilgi mavsumda «Al-Hilol» safida 24 ta uchrashuv o‘tkazib, 9 ta gol urdi va 5 ta assist qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, «Al-Hilol» o‘tgan yozda Nunesni «Liverpul»dan 53 million yevro evaziga sotib olgan edi.
Transfermarkt portaliga ko‘ra, futbolchining hozirgi bozor qiymati 20 million yevroni tashkil etadi. Uning Saudiya Arabistoni klubi bilan shartnomasi 2028-yil yozigacha amal qiladi.