Daniya va Britaniyaning mudofaa sohasidagi hamkorligi mustahkamlanmoqda
Daniya va Buyuk Britaniya mudofaa vazirlari Morten Byodskov va Ben Uolles Kopengagenda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha kelishuvni imzoladi.
Daniya mudofaa vazirligi bu haqda Twitter orqali ma’lum qilgan. “Buyuk Britaniya va Daniya mudofaa hamda xavfsizlik bo‘yicha ancha yildan buyon hamkorlik qiladi. Ben Uolles va Morten Byodskov ikki davlatning mudofaa bo‘yicha hamkorligini mustahkamlash bo‘yicha hujjatni imzoladi”, deyiladi ma’lumotda.
Mazkur kelishuv NATOga a’zo ikki davlatning Boltiqbo‘yidagi amaliyotlar bo‘yicha hamkorligini mustahkamlaydi. Kelishuv Birlashgan kuchlarning Boltiq dengizi janubida harbiy mashg‘ulotlar o‘tishi munosabati bilan imzolandi.