Dalerjon Mirzayev: Hoji Muin qismati (+video)
Yaqin tariximizning eng e’tiborli hodisalaridan biri, shubhasiz, jadidchilikdir. Buyuk ma’rifatparvar bobolarimiz tomonidan olg‘a surilgan g‘oyaviy-siyosiy, ijtimoiy-ma’rifiy va huquqiy-axloqiy qarashlar, turli millat va elatlar o‘rtasida bag‘rikenglik va hamjihatlik tamoyillarini qaror toptirish bilan birga, milliy manfaatlarni himoya qilishga qaratilgan intilishlar bugungi kun uchun ibrat namunasidir.
Murakkab taqdir egasi Hoji Muin Milliy Uyg‘onish davri Samarqand adabiy muhitining samarali ijod etgan iste’dodli vakillaridan edi. Ismi sharifi Hoji Muin ibn Shukrullo bo‘lib, “Mehriy” adabiy taxallusidir. Bugungi videolavhamizda Tarix instituti tayanch doktoranti Dalerjon Mirzayev Hoji Muinning ayanchli taqdiri haqida batafsil ma’lumot beradi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/3RdGBe7_sYw?si=8RD6QBVwM7OEYl7_" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, N. Abduvoitov,O‘zA