Dalalarda g‘alla o‘rim-yig‘imi qizg‘in pallada
FOTOREPORTAJ
Sirdaryo viloyati Guliston tumanida g‘alla o‘rim-yig‘imi mavsumi avj pallasiga kirmoqda. Bugungi kunda tumandagi ekin maydonlarida hosilni tez va sifatli yig‘ib olish bo‘yicha izchil ishlar olib borilayotir.
[gallery-23939]
G‘alla o‘rim-yig‘imini uyushqoqlik bilan tashkil etish, mavjud kombaynlar va transport vositalaridan oqilona foydalanish, ish jarayonida xavfsizlik qoidalari va mehnat muhofazasiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash maqsadida Guliston tuman hokimi vazifasini bajaruvchi Olimjon Jo‘rayev hududlarga chiqib, o‘rim-yig‘im holatini ko‘zdan kechirdi.
Xususan, Boyovut SIU hududida joylashgan “Zolotoy kray” fermer xo‘jaligi hamda “Uch qahramon” SIU hududida faoliyat yuritayotgan “Uch qahramon barakasi” fermer xo‘jaligining o‘rim holatlarini ko‘zdan kechirdi.
O‘rim-yig‘im ishlarini tizimli ravishda muvofiqlashtirish, kombaynlar harakati va navbat asosida ishlashini ta’minlash, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikalarining doimiy texnik nazorati va yonilg‘i bilan uzluksiz ta’minlanishini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha otryad rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.
Shahriyor ORTIQBOEV(surat),O‘zA