Chorvachilikka ixtisoslashgan xo‘jalik
Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanidagi “Ziroatchi Mustafoqul” fermer xo‘jaligi chorvachilikka ixtisoslashgan.
Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanidagi “Ziroatchi Mustafoqul” fermer xo‘jaligi chorvachilikka ixtisoslashgan.Xo‘jalikda 438 bosh zotli qoramol zooveterinariya talablari asosida parvarishlanmoqda. Yil boshidan buyon 80 bosh buzoq olindi. Sog‘in sigirlarning har biridan kuniga 25 litrgacha sut sog‘ilib, qayta ishlash korxonalariga topshirilmoqda.