Chingiz Aytmatov ijodi – zamon nigohida
Jalolobod shahridagi Kantoro To‘qtomamatov nomidagi Xalqaro universitetda “Chingiz Aytmatov ijodi – zamon nigohida” mavzusida xalqaro talabalar ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.
Xalqaro konferensiya ishida Qo‘qon davlat pedagogika institutining 70 dan ziyod talabalari o‘zlarining tezislari bilan ishtirok etdi. Shuningdek, talabalar qo‘shni Qirg‘izistondagi Xalqaro universitetda yo‘lga qo‘yilgan ta’lim jarayonlari, tengdoshlariga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish, do‘stlashish imkoniga ham ega bo‘ldi.

Konferensiya so‘ngida maqsadlarini birgalikda amalga oshirish, hayotga tatbiq etish bo‘yicha ikki tomonlama rejalar belgilanib, kelgusida ham oliygohlar o‘rtasida yaqin va samarali hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga kelishib olindi.

O‘zA