Chimkentlik mansabdorlarning maoshi oshadi
Janubiy Qozog‘iston nomi Turkiston viloyati deb o‘zgartirilib, qadimiy hamda tarixiy shahar Turkiston uning markazi qilib belgilangach, Chemkent shahrini alohida megapolis sifatida rivojlantirishning istiqbolli rejalarini amalga oshirishga kirishildi.

Shahar hokimiyati tashkil qilindi. Yangi tayinlangan hokim Gabidulla Abdurahimov respublikada joriy qilingan Davlat xizmatchilari kuni profetsonal bayrami bilan tabriklab, jami shaharliklar oldida turgan vazifalar xususida to‘xtaldi “Mamlakatimizda uchinchi millionli shahar sifatida e’tirof etilgan Chemkentni har jihatdan Ostona va Olmaota shaharlari darajasiga yetkazish uchun hamma imkoniyatlarni lozim” dedi u.
Respublika darajasidagi shahar maqomi berilishi munosabati bilan davlat xizmatchilari maoshlari ham oshiriladi. Shuningdek, hokim kasb bayrami munosabati bilan hamma moddiy rag‘batlantirilishini ham ma’lum qildi.