Chexiya tabiiy ofatdan aziyat chekmoqda
Chexiya Respublikasida joylashgan Moraviya hududining shimoli-g‘arbidagi yana bir qishloqda tornado yuz berdi, deya xabar berdi euronews.
Hozircha qurbonlar haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. 200 kishi hodisa qurboniga aylangan bo‘lishi mumkin. Ammo hudud jiddiy zarar ko‘rgan, yuzlab odamlar uylaridan ayrilgan.
Qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda. Zarar ko‘rgan hududlarga zudlik bilan yordam yuborilgan.
Sinoptiklarning aytishicha, tornado besh ballik tizimda uchinchi yoki to‘rtinchi darajaga yetgan.
Avvalroq Moraviyaning janubi-sharqidagi hududda ham kuchli tornado kuzatilgan edi. Besh kishi tabiiy ofat qurboni bo‘lgan.