Chexiya razvedkasi uchinchi jahon urushi xavfi haqida ogohlantirmoqda
Dunyo yangi jahon urushi xavfi qarshisida turibdi, deyiladi Chexiya harbiy razvedkasining 2019 yil uchun e’lon qilgan hisobotida.
(Hisobot 10 noyabrda mazkur muassasaning saytida e’lon qilingan).
Tahlilchilarning fikricha, hozirgi paytda global miqyosdagi mojarolar “boshlang‘ich bosqichida turibdi”. "Unda faol ishtirok eta olish imkoniyatiga ega yoki shuni istayotgan mamlakatlarning qarashlari shakllanmoqda va boshqarilishi mumkin bo‘lgan texnologik vositalar belgilab olinmoqda", - deyiladi hujjatda.
Mojaro uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan sabab sifatida hisobot mualliflari AQSH, Rossiya va Xitoyning o‘zaro raqobatini keltirgan.
Hujjatda shuningdek, xalqaro huquqning ahamiyati tushib ketgani aytilgan. Paydo bo‘lgan qarama-qarshiliklarni tinch yo‘l bilan hal etish usullari mavjud emas, dunyoda amal qilayotgan tartiblar shubha ostida qolmoqda. Bundan tashqari, keskinlikning oshishiga jamoatchilik ongi bilan manipulyatsiya qilish qo‘l kelmoqda, deydi tahlilchilar.
Bundan avvalroq The National Interest Rossiya bilan NATOning urush boshlash ehtimoliga baho bergan edi. Ushbu matn muallifi Kris Osbornning ekspertlar fikriga tayanib yozishicha, uzoq muddatli harbiy harakatlarda ustunlik Shimoliy Atlantika alyansi tomonda bo‘ladi. Biroq agar Rossiya hujum qilishni Boltiq bo‘yi mamlakatlari orqali tashkillashtiradigan bo‘lsa NATO ayanchli ahvolda qoladi. Ushbu holatda alyans Moskvaga qarshi hech qanday kuchni qo‘ya olmaydi, deydi muallif.
O‘zA