Chernogoriyada Prezidentga impichment xavf solmoqda
Chernogoriya muxolifati mamlakat Prezidenti Milo Jukanovichga impichment eʼlon qilishi mumkin
Chernogoriya muxolifati mamlakat Prezidenti Milo Jukanovichga impichment eʼlon qilishi mumkin.
Mamlakatdagi “Demokratik front” partiyasi rahbari Milan Knyajevich “Izvestiya”ga bergan intervyusida shu haqda maʼlum qildi.
Unga koʻra, impichment masalasi shu yilning mart oyida koʻtariladi va parlament deputatlari tomonidan qoʻllab-quvvatlansa, konstitutsion sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
Prezident Jukanovichning konstitutsiya meʼyorlariga rioya qilmasligi, uning yaqinlari korrupsiyaga aloqadorligi kabilar impichmentga sabab qilib koʻrsatilmoqda.