Chempionlikka da’vogar bokschimizning jang muddati kechiktirildi
Xabar berganimizdek, professional boksning WBC, WBA, WBO va IBF yo‘nalishlari reytingi bo‘yicha chempionlikka da’vogarlar safida e’tirof etilib kelinayotgan hamyurtimiz Qudratilla Abduqahhorov kanadalik Kodi Krovliga qarshi navbatdagi jangi joriy yilning 13 noyabrida AQSHda o‘tkazilishi kerak edi.
Bokschimizning O‘zA muxbiriga yo‘llagan xabariga ko‘ra, ushbu bahs 11 dekabrga ko‘chirilgan. Joriy yilning 26 oktyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlariga yo‘l olgan bokschimiz ayni kunlarda okean orti mamlakatida mazkur jangga hozirlik ko‘rmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Qudratilla Abduqahhorov professional boksning IBF yo‘nalishi bo‘yicha reytingda 1-o‘rinni egallab turibdi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA