Chempionlar ligasi: kutilgan o‘yinlar boshlanmoqda
Bugun 19 oktyabr kuni millionlab futbol ishqibozlari orziqib kutayotgan Yevropa Chempionlar ligasining 3-tur o‘yinlariga start beriladi.
Bugun kechki payti va tunda 4 ta guruhdagi 8 ta uchrashuv o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
“A” guruhida Angliyaning "Manchester Siti" jamoasi Belgiyaning "Bryugge"si bilan, PSJ( Fransiya) esa Germaniyaning "Leypsig" jamoasi bilan ro‘baro‘ keladi.
Eng qiziqarli o‘yinlardan biri “V” guruhida "Liverpul" va "Atletiko" (Madrid) o‘rtasida kechishi shubhasiz.
UEFA Chempionlar ligasi
III tur
19 oktyabr
“A” guruhi
21:45. "Bryugge" (Belgiya) - "Manchester Siti" (Angliya)
00:00. PSJ (Fransiya) - "Leypsig" (Germaniya)
Ochkolar: PSJ - 4, "Bryugge" - 4, "Manchester Siti" - 3, "Leypsig" - 0.
“V” guruhi
00:00. "Portu" (Portugaliya) - "Milan" (Italiya)
00:00. "Atletiko" (Madrid, Ispaniya) - "Liverpul" (Angliya)
Ochkolar: "Liverpul" - 6, "Atletiko" - 4, "Portu" - 1, "Milan" - 0.
“C” guruhi
21:45. "Beshiktosh" (Turkiya) - "Sporting" (Portugaliya)
00:00. "Ayaks" (Gollandiya) - "Borussiya" (Dortmund, Germaniya)
Ochkolar: "Ayaks" - 6, "Borussiya" - 6, "Beshiktosh" - 0, "Sporting" - 0.
“D” guruhi
00:00. "Inter" (Italiya) - "Sherif» (Moldova)
00:00. "Shaxter" (Donetsk, Ukraina) - "Real Madrid" (Ispaniya)
Ochkolar: "Sherif" - 6, "Real Madrid" - 3, "Inter" - 1, "Shaxter" - 1.
Eslatib o‘tamiz, 3-turning qolgan 8 ta o‘yini ertaga 20 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
T.Ro‘ziyev,O‘zA