Chempionat bahslari qizg‘in pallaga kirdi
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida 8 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida mamlakat chempionati bahslari davom etmoqda.
236 nafar shaxmatchi ishtirok etayotgan turnirning 5 turi ortda qoldi. Unga ko‘ra, Abdurahmon Rajabov (8 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida) peshqadamlik qilmoqda. U 5 imkoniyatdan 4,5 ochko jamg‘argan. Qizlar o‘rtasidagi bahslarda esa Iroda Jumayeva barcha bellashuvlarni g‘alaba bilan yakunlagan (5 imkoniyatdan 5 ochko).
[gallery-10459]
10 yoshgacha bo‘lganlar guruhida (o‘g‘il bolalar) uch nafar shaxmatchi bir xil - 4,5 tadan ochko olgan: Akrom Yo‘ldoshev, Islombek Eshpo‘latov, Lazizbek Shavkatov. Qizlar bahsida esa Mohinaxon Karimova 5 ochko bilan peshqadamlik qilyapti.
12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar bahsida Abdumajid Botiraliyev hamda Abdulqodir Bahodirov yetakchilik qilmoqda. Bu ikki shaxmatchi hisobida 4,5 tadan ochko bor. Ushbu guruhning qiz bolalar o‘rtasidagi bellashuvlarda Mohinur Hikmatxonova yakka peshqadam bo‘lib turibdi. Mohinurning hisobida ham 4,5 ochko mavjud.
Chempionatning har uchala yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib va sovrindorlari 11 fevral kuni ma’lum bo‘ladi.
Muhammad AMIN(surat),O‘zA