“Chelsi“ FIFAning ayblovini tan olmayapti
LondonningLondonning “Chelsi“ klubi FIFA tomonidan voyaga yetmagan futbolchilar transferi bilan shugʻullanganlikda ayblanmoqda.Chelsi“ klubi FIFA tomonidan voyaga yetmagan futbolchilar transferi bilan shugʻullanganlikda ayblanmoqda.
Londonning “Chelsi“ klubi FIFA tomonidan voyaga yetmagan futbolchilar transferi bilan shugʻullanganlikda ayblanmoqda.FIFAning bunday shubhaga borishiga toʻrt yil avval “Chelsi“ burkina-fasolik Bertrana Traore bilan 18 yoshida tuzgan shartnomasi sabab boʻldi. Chunki, Traore 16 yoshida London jamoasi safida “Arsenal“ga qarshi oʻyinda maydonga tushib boʻlgan edi. Ayni damda ushbu futbolchi Fransiyaning “Lion“ jamoasida toʻp surmoqda. FIFA shunga oʻxshash 20 dan oshiq holatlar boʻyicha jamoadan shubhalanmoqda.
“Aristokratlar” ushbu ayblovni rad etmoqda. Jamoa mutasaddilari aytishicha, futbolchilarni faqat koʻrikka chaqirgan, ular bilan uzoq muddatli shartnoma imzolashni maqsad qilmagan.
Agar FIFA ushbu ayblovni isbotlay olsa “Chelsi“ga yangi futbolchilarni sotib olishni taqiqlab qoʻyishi mumkin.