Chekka hudud aholisi uchun tuhfa
Farg‘ona viloyatida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturiga ko‘ra 44 ta maktabgacha ta’lim muassasalari butunlay yangi qiyofaga kirdi.
Farg‘ona viloyatida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturiga ko‘ra 44 ta maktabgacha ta’lim muassasalari butunlay yangi qiyofaga kirdi.
2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada rivojlantirish Dasturi doirasida muayyan amaliy ishlar bajarilmoqda. Xususan, Farg‘ona tumanida ham so‘nggi yillarda o‘nga yaqin yangi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari ish boshladi. Mazkur maskanlarda bolajonlarning ta’lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoit yaratilgan bo‘lib, ular zamonaviy yumshoq mebel hamda o‘yinchoqlar bilan to‘liq ta’minlandi. Endilikda bu maskanlarda tarbiyalanuvchilar ingliz va rus tillarini bemalol o‘rganishlari mumkin.
Yaqinda tumandagi “Konchilar” mahalla fuqarolar yig‘inida 10-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti butunday qayta ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi. 280 o‘rinli zamonaviy bog‘chaning qurilish ishlariga 4 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarf etildi.