Çegara bojxona postida quriliş işlari davom etmoqda
Çegara bojxona postlari infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida rivojlantiriş, avvalo, tadbirkorlar va taşqi iqtisodiy faoliyat iştirokçilari uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş, yuk taşuvlari uzluksizligini taʼminlaş hamda bojxona xizmatlari samaradorligini oşirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
“Dovut-ota” çegara bojxona postida amalga oşirilayotgan bunyodkorlik va modernizatsiya işlari hududning iqtisodiy salohiyati va investitsiyaviy jozibadorligini oşiriş, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş hamda mamlakatimizning savdo-iqtisodiy aloqalarini yanada rivojlantirişga xizmat qiladi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi bojxona boşqarmasi rahbariyati tomonidan obʼektlarda quriliş işlarini belgilangan muddatda va sifatli yakunlaş, bojxona infratuzilmasini yanada takomillaştirişga alohida eʼtibor qaratilib, doimiy nazorat qilinmoqda.

Quriliş jarayonida zamonaviy, energiya tejamkor va issiqlikni saqlovçi quriliş materiallaridan foydalanilmoqda. Şuningdek, mahalliy işlab çiqaruvçi tadbirkorlar tomonidan tayyorlangan quriliş mahsulotlarining qöllanilayotgani içki işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaş va mahalliy tadbirkorlikni rivojlantirişga ham xizmat qilmoqda. Obʼektda elektr energiyasi, tabiiy gaz, içimlik suvi va kanalizatsiya kabi taşqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini tortiş işlari töliq yakunlangan.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri