Chavandozlar jahon kubogida bahslashdi
Toshkent viloyatida konkur bo‘yicha jahon kubogining Markaziy Osiyo ligasi birinchi bosqich bahslari o‘tkazildi.
Toshkent viloyatida konkur bo‘yicha jahon kubogining Markaziy Osiyo ligasi birinchi bosqich bahslari o‘tkazildi.Gran-pri bellashuvlarida qirg‘izistonlik Kamil Sabitov “Quintendro” laqabli oti bilan birinchi, “Carmen” oti bilan esa ikkinchi o‘rinni egalladi. Musobaqada hamyurtimiz Oqil Sobirjonov “Demilion” laqabli oti bilan uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa doirasida O‘zbekiston ot sporti va yilqichilik federatsiyasi raisi kubogi uchun ham turnir o‘tkazildi. Unda Abdushukur Sobirjonov (O‘zbekiston), Sadir Mamitov (Qirg‘iziston), Vladimir Shmelev(O‘zbekiston) g‘olib va sovrindorlar safidan joy egalladi.