Charm qo‘lqop ustalarimizni jiddiy sinovlar kutmoqda
Bir necha kun avval dunyo sporti ixlosmandlari to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasi Yozgi olimpiya o‘yinlari bahslarini maroq bilan kuzatdi.
Jumladan, xalqimiz ham sportchilarimizni qo‘llab-quvvatladi.
Biroq joriy yilgi sport mavsumi davom etoqda. Olimpiya o‘yinlaridagi muvaffaqiyat va xatolarni unutib, oldinda turgan musobaqalarga tayyorgarlikni boshlash esa har bir murabbiy va sportchining vazifasidir.
Jumladan, Olimpiya o‘yinlari dasturidan joy olgan boks bo‘yicha 2021 yil so‘nggiga qadar turli yosh toifalarida ko‘plab, nufuzli musobaqalar bo‘lib o‘tadi. Unda yurtimiz sportchilari ishtirok etib, yuksak natijalarni qayd etishiga umid qilamiz.
Quyida yil yakuniga qadar bo‘lib o‘tadigan musobaqalar bilan tanishing:
17-31 avgust. O‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati. (BAA, Dubay).
16-26 cyentyabr. Boks bo‘yicha harbiylar o‘rtasida jahon chempionati. (Rossiya, Moskva).
Oktyabr. Ayollar o‘rtasida jahon chempionati (manzili aniqmas).
26 oktyabr– 6 noyabr. Boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati (Serbiya, Belgrad).
Dekabr. Maktab o‘quvchilari o‘rtasida Osiyo chempionati (Bahrayn).
Dekabr. Boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi «Ulkan toj» turniri. (Xitoy).
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA