Buyuk ajdodlarimizning ma’naviy merosi va jasorati - qadriyatlarimiz asosi (+video)
So‘nggi yillarda xalqimiz hayotining barcha jabhalarida tom ma’noda tarixiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Mana shu zalvorli ishlar silsilasida g‘oyat qadimiy va boy tariximiz, betakror milliy va diniy qadriyatlarimizni tiklash, bashariyatga ulkan ilmiy-ma’naviy meros qoldirgan buyuk allomalarimiz faoliyati tafsilotlari va asarlarini xalqqa yetkazish borasidagi sa’y-harakatlar alohida ahamiyat kasb etadi.
Islom sivilizatsiyasi markazida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Amir Temur va Temuriylar tamaddunining jahon tarixi va madaniyatidagi o‘rni va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro ilmiy anjuman jahonning 20 dan ortiq mamlakatidan kelgan 300 nafardan ziyod olimlar, ekspertlar, diplomatlar va jamoatchilik vakillarini birlashtirib, Temuriylar davri merosini chuqur o‘rganish va uning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotidagi o‘rnini muhokama qilish uchun muhim maydonga aylandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ushbu tadbir O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Jahon jamiyati (WOSCU) bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Konferensiyaning o‘tkazilishi xalqaro ilmiy muloqotni mustahkamlash va O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosini jahon hamjamiyatida targ‘ib etishda muhim qadam bo‘lishiga ishonamiz.
Batafsil:
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/8DXt9eB8dC0" title="Buyuk ajdodlarimizning ma’naviy merosi va jasorati - qadriyatlarimiz asosi " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Nishonboy Abduvoitov, Ulug‘bbek To‘xtayev, O‘zA