Buxorodagi eng namunali boshlang‘ich tashkilotlar
Buxoroda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi barcha boshlang‘ich tashkilotlarda “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovi viloyat bosqichi g‘oliblari taqdirlandi.
– Joriy yilning may-iyul oylari davomida tarmoq kasaba uyushmalari tomonidan ko‘rik-tanlovning tuman, shahar va viloyat bosqichlari yuqori saviyada tashkil etildi, – deydi O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Buxoro viloyati kengashi bo‘lim mudiri Adolat Akramova. – Viloyat miqyosida 7 ta tarmoq kasaba uyushmalari tizimida tanlovning tuman, shahar va viloyat bosqichlarida 800 ga yaqin boshlang‘ich tashkilotlar qatnashdi. Ko‘rik-tanlovning tarmoq kasaba uyushmalari viloyat bosqichida 40 ta bolang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Jumladan, a’zolar soni 100 nafargacha bo‘lgan boshlang‘ich tashkilotlar o‘rtasida Jondor tumani 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi, “Shohrud” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Buxoro akademik litseyi, Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro jamoat salomatligi texnikumi, G‘ijduvon tuman Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab internati, Buxoro viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi, “Bukhara Brilliant Silk Cluster” MCHJ boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari g‘olib bo‘ldi.
Shuningdek, a’zolari soni 100 nafardan ortiq bo‘lgan boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari o‘rtasida Buxoro shahar ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari kolleji, “Buxorodonmahsulotlari” AJ, “Buxoro yo‘l ko‘klam” unitar korxonasi, Buxoro “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun bolalar internat uyi, “Sitoraavtosavdo” MCHJ, Kogon shahridagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabi va Romitan tuman tibbiyot birlashmasi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etdi.
[gallery-3229]
Zarif Komilov,
Tohir Istatov (surat), O‘zA