Buxoroda yangi korxona qurilmoqda
Buxoroda amalga oshirilayotgan 37,5 milliard so‘mlik yangi loyiha natijasida 110 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Buxoro viloyatining Buxoro tumani “Rabotiqalmoq” mahalla fuqarolar yig‘inida “Textile Place” mas’uliyati cheklangan jamiyati qurilmoqda. Mazkur korxona asosan yog‘-moy ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Loyihani ishga tushirish muddati 2021 yilga mo‘ljallangan.

Hozirda 3,3 million AQSH dollari miqdorida kredit mablag‘i moliyalashtirilgan. Zarur texnologiya va asbob-uskunalar chet eldan olib kelingan. Ayni paytda korxonada ularni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
Loyiha ishga tushishi bilan 110 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Zarif KOMILOV, O‘zA