Buxoroda saksovul oʻgʻrilari ushlandi
Tezkor guruh tomonidan mazkur holat ish jarayonida qonunbuzilish holatini yoʻl qoʻygan fuqarolarning qarshilik koʻrsatishiga qaramasdan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.
Buxoro viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining maxsus tezkor guruhi tomonidan joriy yilning 16-apreldan 17-aprelga oʻtar kechasi oʻtkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida Peshkoʻ tumani Safron choʻl massividan Xorazm viloyati Yangiariq tumanida yashovchi bir guruh fuqarolar tomonidan oʻzlariga tegishli boʻlgan KAMAZ rusumli, davlat raqami 90E426DA avtotransport vositasida gʻayriqonuniy ravishda saksovul oʻsimligini ayovsiz chopib oʻz manfaati yoʻlida olib ketilayotganda toʻxtatib qolindi.
Tezkor guruh tomonidan mazkur holat ish jarayonida qonunbuzilish holatini yoʻl qoʻygan fuqarolarning qarshilik koʻrsatishiga qaramasdan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Avtotransport vositasi vaqtinchalik jarima va zararni qoʻllash uchun saqlandi. Oʻrganish davrida 32 metr kub saksovul oʻsimligi noqonuniy holda chopib olinganligi aniqlandi. Holat boʻyicha boshqarma mutaxassislari tomonidan tegishli organlar bilan birgalikda keskin chora koʻrish uchun ish olib borilmoqda.