Buxoroda o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi
Buxoroda Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi va Kanada mahalliy tashabbuslar jamg‘armasi hamkorligida “Tinchlikparvar jurnalistika – barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash omili sifatida” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Unda jurnalistlar, blogerlar va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari qatnashdi.
Tadbir jarayonida ishtirokchilar mojarolar haqida ma’suliyatli va muvozanatli yondoshuv, axborot manbalarini tekshirish va manipulyatsiyalarni aniqlash, dezinformatsiyaga qarshi samarali usullar, jamoat ongini ig‘vosiz va to‘g‘ri ma’lumot bilan ta’minlash kabi masalalar bo‘yicha bilim va amaliyotga ega bo‘ldi.
[gallery-26204]
Trenerlar tomonidan tinchlikparvar jurnalistikaning asosiy maqsadi vaziyatni keskinlashtirish emas, balki jamoatni xabardor qilish va muvozanatli fikrni shakllantirish ekani ta’kidlandi.
Ishtirokchilarning ta’kidlashicha, bu bilimlar mintaqada barqarorlik, ijtimoiy muloqot madaniyati va axborot xavfsizligini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari.