Buxoroda 14 ming 789 nafar pedagog malaka sinovidan o‘tadi
Buxoro viloyatida pedagoglarning kasbiy bilim va mahoratini baholashga qaratilgan malaka (test) sinovlari boshlandi.
Sinovlar Buxoro shahridagi 44-umumta’lim maktabi negizida tashkil etilgan Bilim va malaka sinov markazida o‘tkazilmoqda.
Jarayonlarning shaffof va xolis o‘tishini ta’minlash, pedagoglar bilimini adolatli baholash hamda ishtirokchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilgan.
[gallery-32223]
Joriy malaka sinovlarida viloyat bo‘yicha jami 14 ming 789 nafar pedagogning ishtirok etishi kutilmoqda.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA