Buxoro xonguli “Zarafshon”da ko‘paymoqda
FOTOFAKT. Davlat qo‘riqxonalari, milliy tabiat bog‘lari va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasi Zarafshon milliy tabiat bog‘i o‘zining betakror tabiati bilan ajralib turadi.
Davlat qo‘riqxonalari, milliy tabiat bog‘lari va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasi Zarafshon milliy tabiat bog‘i o‘zining betakror tabiati bilan ajralib turadi.
Bog‘ hududi 2,5 ming gektar bo‘lib, turli noyob dov-daraxtlar, hayvonu parrandalarga boy. Ayniqsa, Buxoro xonguli bug‘usi bog‘ning eng nodir jonzoti hisoblanadi. Ayni paytda bog‘da voler usulida 28 bosh xonguli parvarishlanmoqda. Ochiq sharoitda muhofazaga olingan bug‘ular soni 40 dan ortadi. Joriy mavsumda ochiq sharoitdagi bug‘ular 30 dan ziyodroqqa ko‘paygan. Shuningdek, bog‘ning 10 gektar maydonida turli manzarali daraxt ko‘chatlari ko‘paytirilmoqda.
Bog‘ xodimi Xidir Eralievning aytishicha, hududda ekoturizmni rivojlantirish uchun 3 gektar maydon ajratilib, u yerda maxsus dam olish maskani bunyod etilmoqda.





