Buxoro viloyati rivojlanişning sifat jihatidan yangi bosqiçiga qadam qöymoqda
Prezident Şavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga taşrifi doirasida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş masalalari yuzasidan yiğiliş ötkazdi.
Buxoro asrlar davomida Şarq sivilizatsiyasi, ilm-fan, yuksak madaniyat va noyob meʼmorçilik öçoği sifatida umuminsoniy tamaddun tarixida alohida maqomga ega bölgan kentdir. Bugungi kunda uşbu tabarruk zaminda hududning ijtimoiy-iqtisodiy ekotizimini kompleks rivojlantiriş, aholi turmuş farovonligini izçil yuksaltiriş hamda turizm industriyasini sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqişga qaratilgan keng kölamli strategik dasturlar muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda.
Zamonaviy va yuqori texnologik infratuzilmani şakllantiriş, xizmat körsatişni xalqaro andozalar darajasiga kötariş orqali Buxoroning global sayyohlik makonidagi raqobatbardoşligi va nufuzini tubdan mustahkamlaş maqsad qilingan.
– Buxoro iqtisodiyotiga, odamlarning kundalik hayotiga ijobiy özgarişlar olib kiradigan 30 milliard dollarlik yangi taşabbuslar bilan kelganmiz, – dedi davlatimiz rahbari.
Yiğilişda uşbu taşabbuslar samarasi, avvalo, aholi uçun zarur infratuzilma va daromad manbalarida körinişi lozimligi taʼkidlandi. Şu nuqtai nazardan, içimlik suvi va oqova suv tarmoqlarini rivojlantiriş, yöllarni yangilaş, sanoat va xizmat körsatişda yangi loyihalarni amalga oşiriş rejalari körib çiqildi.
Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki iştirokida suv va kanalizatsiya taʼminotini yaxşilaş böyiça 385 million dollarlik loyiha amalga oşirilmoqda. Uning ikkinçi bosqiçiga yana 248 million dollar jalb etiladi. Natijada 1,7 million aholining suv taʼminoti yaxşilanadi, 775 ming kişi kanalizatsiya tarmoğiga ulanadi. Markazlaşgan içimlik suvi bilan qamrov hozirgi 80 foizdan 95 foizga yetkaziladi. Prezidentimiz, ayniqsa, suvni kutayotgan 55 ta mahalla böyiça aniq muddatlarni belgilaş va işlarni tezlaştirişni topşirdi.
Viloyatning transport aloqalarini kengaytirişga qaratilgan loyihalar ham muhokama qilindi. Joriy yilda hududdan ötuvçi A-380 avtomobil yölini rekonstruksiya qiliş yakunlanadi. Kelasi yil M-37 yölining viloyat hududidagi 69 kilometrini yangilaş boşlanib, loyiha doirasida Buxoro şahri atrofida 4,5 kilometrli aylanma yöl quriladi.
Samarqand – Buxoro yönalişida sement-beton qoplamali pullik avtomobil yöli va tezyurar poyezd uçun yangi temir yöl liniyasini barpo etiş rejalaştirilgan. Yangi avtomobil yöli safar vaqtini hozirgi beş soatdan bir yarim soatgaça qisqartirişi kutilmoqda. Masʼullarga har ikki loyihaning master-rejasini yakunlaş va hamkorlar bilan muzokaralarni boşlaş topşirildi.
Buxoroda 300 million dollarlik yangi xalqaro aeroport qurilmoqda. U bir vaqtning özida 20 ta samolyot va 1 ming 200 nafar yölovçiga xizmat körsatiş imkoniga ega böladi. Aeroport şahar markazi bilan 24 kilometrli avtomobil yöli orqali boğlanadi, avtobuslar uçun 5,5 kilometrli BRT yölagi barpo etiladi. Buxoroga Turkiyaning “Pegasus” aviakompaniyasi töğridan-töğri reyslarni yölga qöymoqda. Kelasi yil Malayziya, Indoneziya, Kuvayt, Misr va Bahrayn bilan ham aviaqatnovlarni boşlaş belgilandi.
Yiğilişda yangi yöllar va aeroport bilan birga viloyat içida harakatlaniş qulayligini oşiriş zarurligi körsatib ötildi. Joriy yilda yöllar holatini yaxşilaş uçun 900 milliard söm ajratilgan bölsa-da, 2 ming kilometr içki yöl va 266 ta köprik taʼmirtalab. Ularni yangilaş va ekspluatatsiya qilişga xususiy investitsiyalarni jalb etiş, asosiy sayyohlik yönalişlarini boğlaydigan muqobil pulli yöllar quriş imkoniyatlarini örganiş topşirildi.
Jamoat transporti yetarliça rivojlanmagani sabab aholining 80 foizi kundalik qatnovlarda yengil avtomobildan foydalanmoqda. Şu bois, viloyatga qöşimça 120 ta avtobus keltiriş jadallaştiriladi. Aeroport va temir yöl vokzallari atrofida xizmat körsatiş sifatini oşiriş, kökalamzorlaştirişda esa Buxoroning iqlimi va tarixiy qiyofasiga mos yagona yondaşuvni qöllaş vazifalari belgilandi.
Turizm viloyat iqtisodiyotini östirişning muhim yönalişlaridan biridir. Joriy yilda Buxoroga 3,5 million xorijlik sayyoh kelişi kutilmoqda. Mazkur körsatkiçni ikki baravar oşiriş, ularning viloyatda qoliş muddatini uzaytiriş va turizm mavsumini yilning boşqa oylariga ham kengaytiriş zarurligi qayd etildi.
Buning uçun Eski şahar, Yetti pir, Çor Bakr, Poykent, Varaxşa va Vardonze kabi tarixiy majmualar yagona turizm konsepsiyasi asosida boğlanadi. Gulçorboğ mahallasida 50 gektar maydonda turizm markazi, Jalol Ikromiy mahallasida xalqaro tadbirlarga möljallangan kongress-xoll hamda “Hilton” va “Holiday Inn” brendlari ostida mehmonxonalar qurilmoqda.
Şaharning sakkizta markaziy köçasi yangilanib, oltita xiyobon barpo etiladi. Buxoro tumanida esa 1 ming gektar maydonda 500 million dollarlik turizm klasterini taşkil etiş rejalaştirilgan.
Prezidentimiz yangi obʼektlar bilan birga xizmatlar mazmunini ham boyitiş zarurligiga eʼtibor qaratdi. Buxoroda turizm mavsumi tört oydan olti oyga uzaygan, kelasi yil esa 30 ga yaqin xalqaro tadbir ötkaziş rejalaştirilmoqda. Biroq viloyatda beş yulduzli mehmonxona yöq, yirik savdo va köngiloçar maskanlar yetarli emas, mavjud xizmatlarning asosiy qismi Buxoro şahrida jamlangan.
Masʼullarga xorijlik sayyohlar sonini 7 millionga yetkaziş böyiça oyma-oy reja tayyorlaş topşirildi. Unda yangi turpaketlar, tadbirlar, tumanlarda oçiladigan obʼektlar va sayyohlar jalb qilinadigan bozorlar aniq körsatilişi lozim.
Yiğilişda viloyat iqtisodiyoti bu yil ilk bor 100 trillion sömlik marradan oşişi, ösiş 10,1 foizni taşkil etişi taʼkidlandi. Sörovda buxoroliklarning 98 foizi hayot sifati yaxşilanganini bildirgan, tadbirkorlarning 83 foizi esa kelgusi uç yilga ijobiy kutilma bilan qaramoqda.
Şu bilan birga, iqtisodiy ösiş tabiiy resurslar sanoati va qişloq xöjaligiga boğliq bölib qolmoqda. Ularning iqtisodiyotdagi uluşi 43 foiz, xizmatlar sohasining uluşi esa ön yilda atigi 33 foizdan 36 foizga oşgan.
Prezidentimiz iqtisodiyotni diversifikatsiya qiliş, xomaşyoni çuqur qayta işlaş va har bir tumanning ösiş nuqtalarini aniqlaşni talab qildi. Sanoat, xizmat körsatiş va qişloq xöjaligidagi körsatkiçlarni 1,5 baravar oşiriş böyiça aniq rejalar işlab çiqiladi.
Sanoat sohasida Buxoroning xomaşyo, energiya resurslari va tadbirkorlik salohiyatini birlaştirib, uç yilda 28 milliard dollarlik loyihalarni amalga oşiriş imkoniyati borligi taʼkidlandi. Şundan 17 milliard dollari neft-gaz va kimyo sanoatiga töğri keladi. Buxoro neftni qayta işlaş zavodi quvvatlarini oşirişga nufuzli texnologik kompaniyalarni jalb etiş, Kogon tumanida esa neft-kimyo ilmiy-sanoat klasterini taşkil qiliş vazifasi qöyildi.
Energetikada qisqa muddat içida qariyb 2 ming megavatt quvvatli elektr stansiyalari işga tuşirilgan. Kelgusi uç yilda yana 3,1 ming megavattli şamol elektr stansiyalari va 1 ming megavattli energiya saqlaş tizimlari quriladi. Yangi quvvatlar bilan bir vaqtda uzatiş va taqsimlaş infratuzilmasini rivojlantiriş, viloyatda 745 kilometr elektr tarmoğini barpo etiş rejalaştirilgan.
Yengil sanoatda xalqaro brendlar bilan hamkorlik tajribasidan foydalanib, Buxoroda işlab çiqariladigan töqimaçilik mahsulotlarini taşqi bozorlarga kengroq olib çiqiş vazifasi belgilandi. Kelasi yil sohada kamida 1 milliard dollarlik loyihalarni va eksportni ikki baravar oşiriş közda tutilgan.
Ijtimoiy sohadagi işlar körib çiqilar ekan, xususiy boğça va maktablarni köpaytiriş, maktab bitiruvçilarining 50 foizini texnikumlarga jalb etiş, texnikumlarni yirik tadbirkorlar va investorlar bilan boğlaş masalalari muhokama qilindi. Viloyatdagi önta davlat va xususiy oliy taʼlim muassasasida dual taʼlim qamrovini ikki baravar oşiriş vazifasi qöyildi.
Joriy yilda 29 ta şifoxona va poliklinikani yangilaş işlari amalga oşirildi. Mamlakatimiz yetakçisi tibbiy xizmat sifatini, ayniqsa, birlamçi böğin faoliyatini yaxşilaş, sohaga investitsiya jalb etiş va xorijda tajriba orttirgan vatandoşlar imkoniyatidan foydalaniş zarurligini taʼkidladi.
Yiğilişda tarmoq va hududlar rahbarlarining hisobotlari hamda kelgusi yilga möljallangan rejalari tinglandi.
Prezidentimiz öz hududini kompleks rivojlantirişda Olot tumani hokimi Nargiza Nematova alohida jonbozlik körsatayotganini eʼtirof etib, davlat va boşqaruv idoralaridagi köp yillik samarali mehnati, yangi iş örinlarini yaratiş orqali aholi farovonligini taʼminlaş yölidagi xizmatlari uçun uni “Fidokorona xizmatlari uçun” ordeni bilan mukofotlaşga qaror qilganini eʼlon qildi.
Xulosa örnida aytiş joizki, davlatimiz rahbarining Buxoro viloyatiga amaliy taşrifi hudud tarixida yangi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş davrini boşlab beradi. Eʼlon qilingan yirik strategik taşabbuslar şunçaki raqamlar majmui emas, balki viloyat aholisining turmuş farovonligini tubdan yuksaltiriş, infratuzilmani xalqaro standartlar asosida modernizatsiya qiliş va Buxoroning umuminsoniy tamaddun markazi sifatidagi nufuzini global miqyosda qayta tiklaşga qaratilgan konseptual dasturdir.
Sanoatni diversifikatsiya qiliş, yirik energetika quvvatlarini işga tuşiriş, transport-logistika geografiyasini kengaytiriş va turizm industriyasini tubdan isloh qiliş orqali Buxoro yaqin yillarda nafaqat Özbekiston, balki butun Şarq olamining eng raqobatbardoş va jozibador megapolislaridan biriga aylanadi. Taşrif doirasida belgilab berilgan vazifalarning izçil ijrosi hududning iqtisodiy qudratini karrasiga oşiriş bilan bir qatorda, har bir fuqaro va tadbirkorning ertangi kunga bölgan işonçini yangi bosqiçga olib çiqişi şubhasizdir.
Şu bilan Özbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyatiga taşrifi yakunlandi.
Ziyodulla JONIBEKOV,
Abdulaziz RUSTAMOV,
ÖzA maxsus muxbirlari