Buxoro tumanida yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti ish boshladi
FOTOREPORTAJ
Buxoro tumani Talaliyon mahallasi Suvchiqar qishlog‘ida 90 o‘ringa mo‘ljallangan 49-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.
Tantanali ochilish marosimida tuman hokimi Anvar Ochilov, mahalla nuroniylari va faollari, ota-onalar, pedagoglar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda mamlakatimizda, xususan, ta’lim va tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasida hududlarda zamonaviy va qulay sharoitlarga ega maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni ortib borayotgani ta’kidlandi.
[gallery-31234]
OPEK dasturi doirasida barpo etilgan mazkur muassasa qurilishiga 3,6 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. Qurilish ishlari “Fast Quality Building” MCHJ tomonidan amalga oshirildi.
Yangi maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning ta’lim-tarbiya olishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi va har tomonlama rivojlanishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
Muassasa zamonaviy jihozlar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, o‘yin va dam olish vositalari bilan ta’minlangan.
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA