Buxoro jamoasi umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi
Uch kun davomida poytaxtimizda o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan 800 nafarga yaqin dzyudochilar jami 20 ta vazn toifasida tatamiga chiqdi. Uch kunlik bahslar yakuniga ko‘ra medallar jamg‘arish bo‘yicha umumjamoa hisobida Buxoro viloyati dzyudochilari birinchi o‘rinni egallashdi. Ular 6 ta oltin, 3 ta kumush, 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent viloyati jamoasi 2 ta oltin, 4 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan ikkinchi o‘rinni band etdi. Kuchli uchlikka 2 ta oltin, 3 ta kumush, 9 ta bronza medali bilan kuchli uchlikka yakun yasadi. Toshkent shahri, Qashqadaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Andijon va Sirdaryo viloyati dzyudochilari o‘z uylariga kamida bitta oltin medal bilan qaytishdi.
Quvonarlisi, 14 ta jamoadan 12 tasi O‘zbekiston chempionatining kamida bitta medaliga ega chiqdi. Bu mamlakatizda dzyudo geografiyasining kengayib borayotganidan dalolat beradi. Kutilmaganda Surxondaryo viloyati jamoasi musobaqani medalsiz yakunlashdi. Qoraqalpog‘istonlik dzyudochilar ham uyga medalsiz qaytishdi.