Butunjahon yer kuni Farg‘onada qanday o‘tdi?
FOTOREPORTAJ
Kadastr agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan 22 aprel - Butunjahon yer kuniga bag‘ishlangan “O‘zbekiston yer resurslarini boshqarishning innovatsion yondashuvlari: istiqbol va vazifalar” mavzusida Farg‘ona politexnika instituti bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy tadbir bo‘lib o‘tdi.
[gallery-6773]
Tadbirni Kadastr agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i Nodirbek Mashrapov ochib berib, yig‘ilganlarni bayram bilan muborakbod etdi.
Bayram munosabati bilan institut hovlisida ko‘rgazmalar, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi va konsert dasturidan o‘rin olgan mazkur tadbirda 400 ga yaqin talaba yoshlar ham ishtirok etdi. Albatta, sana munosabati bilan tashkil etilgan bayram ko‘tarinki kayfiyat taqdim etdi. Shuningdek, konsert davomida qiziqarli viktorina ham o‘tkazilib, g‘olib bo‘lgan yoshlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Muqimjon QODIROV olgan surat), O‘zA