Bundestag millat sha’nini himoya qiladi
GFR Bundestagi deputatlari va parlament fraksiyasi a’zolari Bundestag oldiga ijtimoiy tarmoqlardagi g‘ayriaxloqiy, nemis millati sha’niga teguvchi hamda yoshlar ongiga salbiy ta’sir etuvchi so‘zlarga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish yuzasidan yangi talab bilan chiqdi.
GFR Bundestagi deputatlari va parlament fraksiyasi a’zolari Bundestag oldiga ijtimoiy tarmoqlardagi g‘ayriaxloqiy, nemis millati sha’niga teguvchi hamda yoshlar ongiga salbiy ta’sir etuvchi so‘zlarga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish yuzasidan yangi talab bilan chiqdi.Unga ko‘ra, g‘oyaviy buzg‘unchilikni sodir etgan shaxslar katta miqdorda jarima to‘lashi qonuniylashtirib qo‘yilishi kerak.
Germaniya parlamenti tarixida bu kabi talablar uchinchi marotaba muhokamaga tashlanmoqda. Avvalgi talablar ham ayni shu maqsadni ko‘zda tutgan edi, ammo tor doirada, ya’ni muxojirlarga nisbatan qo‘lllanilgandi. Endigi talab qondirilsa, ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim huquqbuzarliklarning oldi olingan, so‘zning qadrsizlanishiga chek qo‘yilgan bo‘lar edi.