Bugunning qahramonlari: bir jamoada birdaniga uch kishi davlat mukofotiga sazovor boʻldi
Bir muassasadan birdaniga uch kishining davlatimizning yuksak mukofotiga sazovor boʻlishi – kam uchraydigan katta voqea.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni koʻra koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashga qoʻshgan hissasi uchun Jizzax viloyati sanitariya epidemiologik osoyishtalik markazining uch nafar xodimi davlatimizning orden va medallari bilan taqdirlandi.
Bir muassasadan birdaniga uch kishining davlatimizning yuksak mukofotiga sazovor boʻlishi – kam uchraydigan katta voqea. Bugun ushbu voqea munosabati bilan viloyat sanitariya epidemiologik osoyishtalik markazida bayram boʻlishi mumkin edi.
Ammo bunday boʻlmadi. Davlatimizning yuksak mukofotlari: II darajali “Salomatlik” ordeni bilan taqdirlangan epidemiologik monitoring va profilaktik tadbirlarni tashkil etish boʻlimi epidemiolog vrachi Zamira Saribayeva, “Sogʻlom turmush” medali sohiblari boʻlgan virusologiya laboratoriyasi kichik tibbiy xodimi Mamlakat Mamayusupova, markazining oʻta xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriyasi laboranti Erkinjon Xolmuratov tanishlarining ham qutlovlarini qabul qilishmadi.
Bu xushxabar tarqalgan paytda ular Prezidentning ushbu mukofotlarni berish haqidagi Farmonida qayd etilganidek, “...koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan murakkab va sinovli kunlarda hayoti va sogʻligʻini xavf ostiga qoʻyib, mavjud xatarlarga qarshi kurashish, infeksiya keng tarqalishining oldini olish, yurtimizda sanitar-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash” bilan band edilar.
– Ular ish payti qoʻl telefonlaridan ham foydalana olishmaydi, tabriklaringizni oʻzimiz yetkazib qoʻyamiz, – dedi mukofotlanganlarni telefonda tabriklab qoʻymoqchi ekanligimiz haqidagi iltimosimizga javoban viloyat sanitar-epidemiologik osoyishtalik markazi rahbari Mamarasul Umarov. –Oʻzimiz ham qahramonlarimizni masofadan turib tabrikladik. Maxsus himoya libosi niqobi oynasida ularning charaqlab turgan koʻzlarida davlat mukofotidan xursandliklarini koʻrdik. Vaziyatni hamma tushunib turibdi. Pandemiya bosimi ortayotir. Nasib etsa, qutlovlarni ham, bayramlarni ham karantindan soʻng yaxshi kunlarda oʻtkazaveramiz.
Ularni bugungi kunning qahramonlari deb aytishda xech bir mubolagʻa yoʻq. Axir mina maydonini tozalayotgan sapyor qanday xatarni zimmasiga olib ishlasa, bugun epidemiolog vrach Zamira Saribayeva, mikroskopda har bir virusni paypaslab koʻrayotgan laborant Erkinjon Xolmurodov, koʻrinmaydigan zarraning biron narsaga ilashib tashqariga chiqib ketmasligi uchun tozalikni saqlayotgan kichik tibbiy xodim Mamlakat Mamayusupova ham shunday xatar bilan ishlayotir.
– Minani zararsizlantirayotgan askarning xatosi oʻz hayoti uchun qanchalik xatarli boʻlsa, virus bilan ishlayotganlarning bu baloi ofatni yuqtirishi, faqat oʻz hayoti uchun emas, boshqalarga – oila aʼzolari, yaqinlari, hamkasblari uchun ham shunchalik xavfli, – deydi II darajali “Salomatlik” ordeni sohibasi, markazning epidemiologik monitoring va profilaktik tadbirlarni tashkil etish boʻlimi epidemiolog vrachi Zamira Saribayeva.

– Shuning uchun bizning ishimizda xato harbiylarnikiga qaraganda ham qimmatroqqa tushadi. Hamkasblarimiz bu katta masʼuliyatni zimmalariga olib ishlashmoqda. Prezidentimiz bizning bu qiyin mehnatimizni, xalqimiz salomatligini himoya qilishga qoʻshayotgan hissamizni hisobga olib davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlaganidan behad minnatdormiz. Menga va hamkasblarimga berilgan bu mukofotlar nafaqat bizga, balki jamoamiz aʼzolarining mehnatiga berilgan yuksak baho hamdir. Biz davlatimizning shu yuksak mukofotiga munosib mehnat qilib, kasallikning tarqalishi oldini olishga butun kuch va bilimimizni sarflaymiz.
Zamira Sariboyeva shifokorlik kasbini taqdir deb bilgan kishilardan. Odamlar hayotini xavfli yuqumli kasalliklardan himoya qilishdek masʼuliyatli va ogʻir yumushni bajarayotgan bu ayol xavf-xatar bilan nafaqat hozirgi koronavirus pandemiyasi davrida, butun faoliyati davomida kurashib kelmoqda.
U 1999-yilda Toshkent tibbiyot institutini bitirib, mehnat faoliyatini shu muassasada vrach epidemiolog boʻlib boshlagan edi. Mana oʻttiz bir yildan buyon kasbini eʼzozlab kelayotgan kamtarin, ammo ishga oʻta talabchan shifokor jamoada, el-yurt orasida hurmat-eʼtibor topdi. Totuv oilaning bekasi, ikki nafar farzandning onasi boʻlgan Zamira Jizzax shahrining Jizzaxlik mahallasida ham hurmat qozongan.
“Sogʻlom turmush” medali bilan mukofotlangan oʻta xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriyasi laboranti ErkinjonXolmuratov ham bugungi koronavirusga qarshi kurashning eng oldingi safidagi jangchilardan biri. 1978-yilda tibbiyot bilim yurtini bitirgandan buyon shu laboratoriyada faoliyat koʻrsatib kelayotgan Erkinjon Xolmurotov ayni shu kunlarda ayniqsa masʼuliyatni ishni bajarayotir. Oʻzining sohadagi katta tajribasi, kasbiga katta masʼuliyat bilan qarashi tufayli zimmasidagi masʼuliyatli vazifani muvaffaqiyatli uddalamoqda.
Bu muassasa ishining murakkabligi, oʻziga xosligi shundaki, ishda muvaffaqiyatga erishish yoki aksincha biron xatolik yuz berishi oddiy xizmatchining faoliyatiga ham koʻp tomonlama bogʻliq. Shuning uchun virusologi laboratoriyasi farroshligini har kim ham uddalayvermaydi. Ammo Mamlakat Mamayusupova bu ishni oʻn yildan buyon aʼlo darajada bajarib kelayotir. Shuning uchun opa davlatimiz yuksak mukofoti – “Sogʻlom turmush” medali bilan mukofotlangani jamoada ham katta mamnunlik bilan qarshilandi.
Prezidentimiz bugungi pandemiya davrida shifokorlarning xalqimiz salomatligini saqlashdagi mehnatlarini har doim katta minnatdorchilik bilan eʼtirof etib kelayotir. Ularning bir guruhi davlatimizning yuksak mukofoti bilan taqdirlanishi shu minnatdorchilikning amaliy ifodasidir.