Bugundan "sayyoralar paradi”ni kuzatish mumkin
Astronomlarning xabar berishicha, 2026-yil 12-iyun kuni uchta sayyora — Merkuriy, Venera va Marsning “kichik paradini” ko‘rish mumkin.
Astronomlarning xabar berishicha, 2026-yil 12-iyun kuni uchta sayyora — Merkuriy, Venera va Yupiterning “kichik paradini” ko‘rish mumkin. Quyosh botganidan so‘ng ular ekliptika chizig‘i bo‘ylab bir-biriga yaqin masofada saf tortadi va bu hodisani bir necha soat davomida oddiy ko‘z bilan kuzatish mumkin bo‘ladi.
Bu noyob astronomik hodisada mazkur uchchala sayyora osmonda bitta chiziq bo‘ylab joylashadi. Ularning paradi 12-iyungidan 17-iyungacha davom etadi. Sayyoralar paradini quyosh botishidan so‘ng, oqshom vaqtida ochiq osmonda aniqroq kuzatish mumkin. Eng yorqin parad oqshomi 17-iyun kuniga to‘g‘ri keladi
Bu astronomik hodisa Yer uchun hech qanday xavf tug‘dirmaydigan go‘zal manzaradir. Sayyoralar paradi faqat bir kun bo‘lmaydi — ularni boshqa kunlarda ham kuzatish mumkin.
Ma’lumot uchun sayyoralar paradi – bu sayyoralar quyoshning bir tomonida tizilib, osmonning kichik qismida bir qatorda joylashganida sodir bo‘ladigan astronomik hodisa hisoblanadi.
Sayyoralarning navbatdagi paradlari quyidagi sanalarda bo‘lib o‘tadi:
2026-yil 12-avgust — sayyoralarning katta tonggi paradi. Uni tong otganda ko‘rish mumkin. Quyosh tizimidagi oltita sayyora — Yupiter, Merkuriy, Mars, Uran, Saturn va Neptun bir-biriga yaqin joylashadi. Bu, ayniqsa, havo ochiq bo‘lganda, to‘laqonli parad taassurotini uyg‘otadi.
2026-yil 14-noyabr — sayyoralarning kichik tonggi paradi. Kuzatuv uchun eng qulay vaqt — tong otishidan oldin. To‘rtta sayyora — Merkuriy, Venera, Mars va Yupiter bir chiziqqa tiziladi. Bu hodisa kuzatuvchilar uchun yana bir e’tiborga molik voqea bo‘ladi.