Bugun tug‘ilgan kun - Shavkat Abdurazzoqov
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov 1976-yil 20-avgustda Namangan shahrida tugʻilgan.
Shavkat Abdurazzoqov 1998-yil Namangan sanoat-texnologiya institutini (hozirgi Namangan muhandislik-qurilish instituti), 2006-yil Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida mahalliy va respublika davlat boshqaruvi idoralarida masʼul vazifalarda ish olib borgan. Xususan, 2015-2017-yillarda Namangan tumani hokimi, 2017-2020-yillarda Namangan shahar hokimi, 2020-yil mart-sentyabr oylari davomida Respublika Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2020-yil 25-sentyabrdan Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi boʻlib kelgan Shavkat Abdurazzoqov 2021-yil 19-fevral kuni viloyat hokimi lavozimiga tayinlandi.
Shavkat Abdurazzoqov “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan mukofotlangan.
***
P/S: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tugʻilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga oʻz hissasini qoʻshayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yoʻlida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tugʻilgan kunlari yodga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qoʻshimchalaringiz boʻlsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!
OʻzA.