Bugun tug‘ilgan kun – Sharof Ubaydullayev
“Nuroniy” jamg‘armasi Respublika boshqaruvi raisi o‘rinbosari, taniqli jurnalist Sharof Ubaydullayev 1943 yil 17 yanvar kuni Jizzax viloyati Jizzax tumanida tug‘ilgan.
Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston milliy universiteti) filologiya fakultetining jurnalistika bo‘limini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini “Sirdaryo haqiqati” gazetasida boshlagan. Keyinchalik, "Sovet O‘zbekistoni" va "Toshkent oqshomi" gazetalarida bo‘limi mudiri, bosh muharrir lavozimlarida ishlagan.
Mustaqillikdan so‘ng, O‘zbekiston Prezidenti devoni kadrlar bo‘limining sektor mudiri, keyinroq esa bo‘lim mudirining o‘rinbosari lavozimlarida ishlaydi.
1992–1994 yillarda "O‘zbekiston ovozi" (sobiq "Sovet O‘zbekistoni") gazetasining bosh muharriri sifatida faoliyat olib borgan.
Sharof Ubaydullayev o‘tkir feleton va dolzarb mavzudagi ocherklari bilan jamoatchilikka yaxshi tanilgan jurnalist hisoblanadi. Ayniqsa, o‘tgan asrning 70–80 yillarida Sh.Ubaydullayev tomonidan yozilgan o‘tkir feletonlar hamon yosh jurnalistlar tajriba olishi uchun o‘qib o‘rganilmoqda.
Ayni paytda Sharof Ubaydullayev “Nuroniy” jamg‘armasi Respublika boshqaruvi raisi o‘rinbosari sifatida samarali faoliyat olib bormoqda. 2021 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.
***
Saytimizda tashkil etilgan «Bugun tug‘ilgan kun» loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, @U_Qurbonov
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru