Bugun tug‘ilgan kun – Quvondiq Sanaqulov
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bosh direktori, O‘zbekiston Qahramoni Quvondiq Sanaqulov 1957 yil 12 iyunda Samarqand viloyati Payariq tumanida tug‘ilgan.
Q.Sanaqulov 1979 yil Toshkent politexnika institutini (hozirgi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti) tamomlagan. Muhandis-metallurg, texnika fanlari doktori, professor. U mehnat faoliyatini «O‘zbekoltin» IB, O‘zbekiston Respublikasi qimmatbaho metallar Davlat qo‘mitasidan boshlagan. Quvondiq Sanaqulov «Navoiy kon metallurgiya kombinati» Davlat korxonasi bosh direktoriligiga tayinlangunga qadar ham qator mas’ul lavozimlarda ishlagan.
U 2004 yil «Do‘stlik» ordeni, 2009 yil «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi» faxriy unvoni, 2011 yilda «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan. 2015 yilda «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni berilgan.
***
P/S: Saytimizda tashkil etilgan «Bugun tug‘ilgan kun» loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari yodga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!